O'zFHM "Andijon" – "Qizilqum" o'yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo'yicha izoh berdi
20 iyu 11:48
Yangiliklar
O'zFHM "Andijon" – "Qizilqum" o'yinida yuzaga kelgan bahsli vaziyat bo'yicha izoh berdi
Superliga 13-turi doirasidagi "Andijon" – "Qizilqum" uchrashuvining 40-daqiqasida "Qizilqum" futbolchisi darvoza tomon zarba berdi. Bu vaziyatda to'p darvoza chizig'i tomon harakatlandi va "Andijon" futbolchisi tomonidan to'xtatildi.
"Bosh hakam yordamchi va VAR bilan holatni ko'rib chiqdi. Yakunda bosh hakam to'p darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tmagani uchun ushbu vaziyatda gol inobatga olinmadi.
Ekspert hakamlar guruhi futbol qoidalariga asosan vaziyatni tahlil qilib chiqdi va to'p to'liq chiziqni kesib o'tmagani sababli, gol inobatga olinmagani to'g'ri qaror ekanligini takidladi", – deyiladi O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabarida.


Avvalroq Championat.asia'ning hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" (Telegram kanali muallifi) "Andijon" – "Qizilqum" uchrashuvidagi epizod bo'yicha fikrini bildirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar