So’nggi yangiliklar

15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  4 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  4 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  71 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  1 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   9 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  1 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  2 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  1

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda uchrashuvlarni boshqarishadi Yangiliklar

O'zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda uchrashuvlarni boshqarishadi

Teglar :  Hakamlar
O'zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarishga taklif etilayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Jumladan, bugun 3 aprel kuni bo'lib o'tadigan Osiyo chempionlar ligasidan o'rin olgan “Serezo Osaka” (Yaponiya) – “Jey Ju Yunayted” (Janubiy Koreya) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Tantashevga qanotlarda Andrey Capenko va Timur Gaynullin yordam berishadi.

SHuningdek, ertaga 4 aprel kuni OCHL guruh bosqichidan o'rin olgan “SHanxay SIPG” (Xitoy) - “Kavasaki Frontale” (Yaponiya) jamoalari o'rtasidagi o'yinda ham o'zbekistonlik hakamlar ishlashadi. Bosh hakam Valentin Kovalenkoga Husniddin SHodmonov va Ruslan Serazetdinov yordam berishadi. To'rtinchi hakam — SHerzod Qosimov.

10 aprel kuni OFK Kubogi doirasidagi “Al-Suvayh” (Ummon) – “Malkiya” (Bahrayn) jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarib borish SHerzod Qosimov boshchiligidagi Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonovlarga ishonib topshirilgan.

SHuningdek, 6-20 aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo'yicha Ayollar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o'zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) Iordaniyaga yo'l olishdi.

Bundan tashqari, Ravshan Ermatov boshchiligidagi Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov aslida 3 aprel kuni Osiyo CHempionlar ligasi doirasida  “SHanxay SHenxua” (Xitoy) – “Kashima Antlers” (Yaponiya) uchrashuviga tayinlangan edi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan boshqa musobaqa bilan almashtirildi. Unga ko'ra, vakillarimiz 10 aprel kuni KONKAKAF CHempionlar ligasi doirasida Meksikada o'tadigan “Amerika FK” (Meksika) va “Toronto" FK” (Kanada) klublari o'rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqaradigan bo'lishdi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика