So’nggi yangiliklar

13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  5 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  2 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  14 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  4 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёнинг иккита жамоаси плей-оффда. Кечаги кун натижалари билан танишинг  1 07:18U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун бизни гуруҳдаги ҳал қилувчи учрашув кутиб турибди  14 01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  8 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0

O'zbekistonda matbuot kotibining qadri yo'q! Yangiliklar

O'zbekistonda matbuot kotibining qadri yo'q!

Kecha tunda telegram kanalimizda elon qilingan video ko'pchilikning qalbini larzaga solgan bo'lsa kerak.

Videoda bemor holda yotgan "Andijon" futbol klubi matbuot kotibi Abdulhafiz Abdulaziz o'g'lining murojaati chiqqan. Bu videoda Abdulhafiz aka Istanbuldagi kasalxonada juda holsiz yotgani, Toshkentga qaytib ketishga sharoiti yo'qligi, yonida puli qolmaganidan ayanchli tarzda nolib, Turkiya prezidentiga murojaat qilgan.

Etibor bering, murojaat "Andijon" klubi rahbariyati yoki bo'lmasam O'zbekiston hukumatiga emas, balki Turkiya prezidentiga qaratilyapti. Mana shu video chiqqanidan so'ng bir necha soat o'tdi, tong otib yana bir kun boshlandi. 

Lekin futbolimiz kattalaridan haligacha hech kim bu videoga munosabat bildirgani yo'q. O'FA, PFL kanallari jim. PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev ham telegramda kanal yuritadi, lekin oxirgi qo'ygan posti Ukrainadagi urushga taalluqli ikkita surat.

Yoki bo'lmasa O'FA matbuot kotibi Davron Fayzievning ham kanali bor. Aytaylik, Ravshan Ermatov telefon qilib (har holda videoni ko'rgan bo'lsa kerak), Davron, O'FA Abdulhafiz akaga yordam qo'lini cho'zishga tayyor deb yozvoring deb aytish shunchalik qiyinmi? 

Yo'q, O'FAdan bunday gap chiqishi umuman xayolga kelmaydi. Kimsan futbol professori Rustam Akramov holidan xabar olmagan tashkilot oddiy bir matbuot kotibining taqdiri bilan qiziqadimi. 

Qo'limizdan faqat tomosha qilish keladi. Har holda futbolda shunday. Biz yaxshisi chetda turib qani nima bo'larkin deb kuzatamiz. O'zbek futbolida birlashish degan narsa yo'q. Hamma bir kishi, bir kishi hamma uchun degan maqol umuman bizga to'g'ri kelmaydi. 

Gap "Andijon" klubi Abdulhafiz akani Turkiyada qoldirib kelganida emas, gap u kishini pulsiz qoldirib kelganida. Puli yo'q u kishining. Turkiyada pulsiz, sug'urtasiz bemorlarga qarashmaydi.

Bu videodan osongina shuni tushunsa bo'ladi: O'zbekistonda matbuot kotibining qadri yo'q. Bo'lsa ham ozgina. Matbuot kotibi - bu kerak payt foydalansa bo'ladigan buyum. Sog' paytingiz ishlatishadi, kasal bo'lib qolsangiz, "uzr, ukam" joyni bo'shating.

Aslini olganda O'zbekiston futbolida hech kimning qadri yo'q. Siz faqat jamiyatga sog' payti keraksiz. Boshingizga mushkul tushsa, futbolchi jarohat olsa, murabbiy shamollab qolsa, rahbar kasalxonaga tushib qolsa - qolganlar shunchaki loqayd tomoshabin. 

O'ylaymizki, vaziyatni O'FA va PFL tezkorlik bilan o'rganib chiqadi, qolaversa "Andijon" klubi ham o'z xodimining taqdiriga befarq qarab turmaydi. CHunki gap inson salomatligi haqida boryapti. 

Barsa Bloger.

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика