O'zbekistonda bir nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingan Mirobidova JCHda ishlaydi
10 okt 2022 15:44
Yangiliklar
O'zbekistonda bir nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingan Mirobidova JCHda ishlaydi
O'zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati uchrashuvini boshqarib boradilar.
Hindistonda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Jahon chempionatining "A" guruhidan o'rin olgan Marokash — Braziliya bahsida o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi. Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ko'maklashadi.
Mazkur o'yin 11 oktyabr kuni soat 16:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Edita Mirobidovaga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 3-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Ayollar oliy ligasi uchrashuvlaridan 8 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom chorasi qo'llanilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar