O'zbekiston va Ozarbayjon U-20 Jahon chempionatini birgalikda o'tkazish bo'yicha FIFAga ariza topshirdi
07 iyu 11:09
Yangiliklar


O'zbekiston va Ozarbayjon U-20 Jahon chempionatini birgalikda o'tkazish bo'yicha FIFAga ariza topshirdi
So'nggi yillarda turkiyzabon mamlakatlarda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda xalqaro maydondagi nufuzdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada o'tkazishga ishonch bildirgan holda o'z qo'shma nomzodini ilgari surdi.
Bugungi kunda Ozarbayjon bilan birga O'zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. So'nggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo'shimcha ravishda, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor o'tkazilgan futzal bo'yicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini o'tadi. Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida etirof etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar