So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  29

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Osiyo kubogi oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi Yangiliklar

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Osiyo kubogi oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi

Ertaga, 3-aprel kuni O'zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini boshlaydi.

Vakillarimiz ilk turda Tailandga qarshi maydonga tushadilar. Jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilov musobaqa oldidan OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

— Jamoa tayyorgarligi qanday kechdi?

— Jamoamiz Osiyo kubogiga har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Tayyorlanish jarayoni bosqichma-bosqich olib borildi hamda futbolchilarimizning jismoniy, taktik, texnik va ruhiy tayyorgarligi ustida alohida ishladik. Avval mahalliy yig'inlar o'tkazilib, jamoaviy o'yin uslubimizni rivojlantirishga etibor qaratildi. Keyinchalik xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari orqali jamoaning o'yin sifatini oshirishga harakat qildik. Yig'inlar davomida futbolchilarimizning o'yinga bo'lgan tushunchasi yanada rivojlandi, jismoniy formasi esa optimal holatga keltirildi.

— Osiyo kubogini jarohat sabab o'tkazib yuborayotgan muhim futbolchilaringiz bormi?

— Jamoamizda jarohat tufayli musobaqani o'tkazib yuboradigan futbolchilar yo'q. Hamma o'yinchilar yaxshi formada va to'liq tarkib bilan turnirga tayyorgarlik ko'rganmiz. Bu biz uchun katta ustunlik beradi, chunki murabbiylar shtabi barcha rejalarimizni to'liq tarkib asosida ishlab chiqqan. Endi asosiy maqsadimiz futbolchilarni maksimal darajada o'yindan o'yinga yuqori holatga chiqarish va har bir uchrashuvda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishdan iborat.

— O'zbekiston Osiyo kubogini Tailandga qarshi ochilish uchrashuvi bilan boshlaydi. Bu jamoa haqida qanday fikrdasiz? Ularning qanday kuchli tomonlarini ko'ryapsiz?

— Tailand yoshlar futboli yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Ular texnik jihatdan ancha kuchli va tezkor o'yin namoyish eta oladigan jamoa. Ayniqsa, hujumga tezkor o'tish va qisqa joylarda aniq paslar orqali raqibni holdan toydirish ularning kuchli tomonlaridan biridir. Shu sababli, biz ularning kombinacion o'yinini yo'qqa chiqarish va o'z hujum chizig'imiz orqali ustunlikka erishishga harakat qilamiz. Tayyorlanish jarayonida Tailand jamoasining o'yin uslubi va taktik sxemalarini chuqur tahlil qildik. O'ylaymanki, kuchli raqibga qarshi yaxshi natija ko'rsatish uchun etarlicha imkoniyatlarimiz bor.

— O'tgan musobaqalardan olingan eng katta saboqlar va jamoa hozir qo'llayotgan uslublar haqida ayta olasizmi?

— Oldingi musobaqalarda ishtirok etgan jamoalarimizning bosib o'tgan yo'llari biz uchun katta tajriba bo'ldi. Avvalo, turnir davomida barqaror o'yin ko'rsatish va bosim ostida ham sovuqqonlikni saqlash muhimligini angladik. Shu sababli, hozirgi tarkib bilan ishlashda mental jihatdan tayyorgarlikka katta urg'u berdik. Bundan tashqari, jismoniy holat va o'yin surati turnirlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini tushundik. Oldingi musobaqalarda bazan mayda detallar natijaga tasir qilgan bo'lsa, hozir bunday jihatlarga ham alohida etibor beryapmiz. O'ylaymanki, bu tajribalar bizga muvaffaqiyatga erishish yo'lida muhim asos bo'lib xizmat qiladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика