So’nggi yangiliklar

08:20`Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  1 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1

O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonyapman. Bundan yaxshi imkoniyat bo'lmaydi" Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonyapman. Bundan yaxshi imkoniyat bo'lmaydi"

"Oq bo'rilar" 5 sentyabr kuni KHDRga qarshi maydonga chiqadi.

 JCH-2026 saralash bosqichining hal qiluvchi raundida ishtirokini boshlaydigan vakillarimizning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Baxtiyor Ashurmatov bo'lajak saralash bahslari oldidan o'z fikrlarini bildirdi. 

Uzbekistan

Jaloliddin Masharipov - 20'

World Cup Qualification AFC 3rd Round Grp. A . 1-tur

05/09/2024, 20:00

0
:
1
Tugadi

North Korea

Stadion: 24205 tomoshabin

45'
90'
20'  Jaloliddin Masharipov
60'  Oston Urunov (Abbosbek Fayzullayev)
71'  Otabek Shukurov (Abdulla Abdullaev)
71'  Khoziakbar Alidzhanov (Farrukh Sayfiev)
87'  Jaloliddin Masharipov (Akmal Mozgovoy)
87'  Eldor Shomurodov (Bobur Abdikhalikov)
40'  Kuk-Chol Kang II
46'  Kuk-Jin Kim (Jo-Guk Ri)
72'  Il-Song Ri (Ju-Song Choe)
81'  Chung-Song Paek (Il-Gwan Jong)
87'  Pom-Hyok Kim (Hun Ri)

— O'zbekiston terma jamoasining bu safargi saralashdagi imkoniyatlarini yuqori baholayman. Bunga bir nechta sabablarni keltirishim mumkin. Birinchisi Srechko Katanecda tayyorgarlik uchun etarlicha vaqt bo'ldi. Bir necha yildan buyon shu jamoada ishlab kelmoqda. O'ylaymanki, o'yin uslubini yaxshi singdira oldi. Uning qo'l ostida sinalgan va raqobatbardosh tarkib bor. Ikkinchi omil, kvotaning ko'paygani. Saralash o'yinlarida g'olib chiqish uchun bundan yaxshi imkoniyat bo'lmaydi. Jahon chempionatiga chiqish masalasini shu bosqichdayoq hal qilishimiz kerak. Guruhimizda raqiblar boshqa kvartetlar bilan solishtirganda nisbatan yaxshiroq. Yani Osiyo grandlari Yaponiya va boshqalar guruhimizda emas. Yana bir sabab hozirgi kunga kelib ko'plab futbolchilarimiz legioner sifatida to'p tepmoqda. Ular etarli darajada mahoratga ega bo'lishdi. Futbolchilarimiz har qanday tempdagi o'yinlarga tayyor. 

— O'ylaymanki, ustunligimiz murabbiyga shuncha vaqt va imkoniyat berilganida. Bugunga kelib tarkibimiz barqarorlashgan. Avvallari Osiyo kubogi, saralash boshlarida murabbiy almashardi. Yangidan jamoa tuzishga to'g'ri kelardi. Katanec o'zi ishongan va bilgan futbolchilardan tarkibni shakllantira oldi. Barqarorlik, futbolchilarning mahorati yuqori natijalarga erishishiga turtki bo'ladi. Oldingi yillarga nisbatan hozir ko'proq imkoniyatga egamiz. To'g'ri, Osiyo kubogida mag'lubiyatlar bo'ldi. Lekin xatolardan xulosa chiqarildi deb o'ylayman. Himoyadan hujumga qanday o'tish kerak, qarshi hujumlarda o'ynash barchasini o'zlashtirishgan. Terma jamoamizda zichlik yuzaga keldi. Himoyada o'ynashni yoqtirmaydigan futbolchilarimiz ham buni yaxshi tushunib olishdi.  

— Odatda har doim Jahon chempionati saralashlari startida havotir bo'lardi. Lekin murabbiy sifatida bu gal xotirjamroqman. Havotir o'rnini ishonch egallab olgan. Bu terma jamoa oldiga qo'ygan maqsadga erisha oladi. Saralash bosqichini ikkita g'alaba bilan boshlab olish katta ishonch beradi. To'g'ri, BAA, Eron kabi raqiblar bor. Qatar katta o'sishga erishdi. Men to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonyapman. O'zbekiston har taraflama tayyor deb o'ylayman. Terma jamoada yig'ilgan futbolchilar muxlislarni xursand qila olishadi. Bu yo'lda ularga omad tilayman. Ko'pchincha bizda himoyada muammo bo'lardi. Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Husniddin Aliqulov, Umar Eshmurodov yaxshi saviyada to'p tepyapti. 

— Havotirli poziciya hujum bo'lib turibdi, bunda raqobat yo'qligi biroz bezovta qiladi. Eldor SHomurodov yaxshi holatda va yuqori sport formasida bo'lishiga umid bildiraman. Qolaversa, Bobir Abdixoliqov ham munosib sport formaga kirib bormoqda. Bu hujumdagi muammoni bartaraf qilishi mumkin. Yigitlarimizni doim duo qilib turamiz va qo'llab-quvvatlaymiz

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика