So’nggi yangiliklar

23:15Мексика Эроннинг ЖЧ-2026даги ўйинларини қабул қилишга тайёр. Бу ҳақда мамлакат президенти маълум қилди  1 22:52“Барселона” Бастонига қизиқиш билдирмоқда. “Интер” футболчига нарх белгилаган  0 22:36Про лига: мураббийлар билан танишамиз — ОФК Кубоги-2011 ғолиби, "Навбаҳор" собиқ устози ва 2024 йилнинг энг яхши ёшлар мураббийи (1-қисм)   0 22:04"Спортинг" — "Будё Глимт". Таркиблар маълум  4 21:30Гринвуд "Ювентус"нинг ёзги трансфер ойнасидаги асосий мақсадига айланди  0 21:18"Манчестер Юнайтед" Каземиро бўйича қарорни қайта кўриб чиқмайди  1 20:49Костакурта: "Мен Леауни алмаштирмаган бўлардим"  0 20:21Расман: Францис Нарх "Каттақўрғон" футболчисига айланди  4 19:52"Арсенал" ҳимоячиси билан хайрлашмоқчи эмас  1 19:24Кувайт FIFA Series мусобақасида иштирок этмайди  1 18:55"Манчестер Сити" Испания терма жамоаси ҳимоячисига кўз тикди  2 18:27Анчелотти: "Вини — камтар, қувноқ ва ҳақиқий иқтидор"  9 17:59"Атлетико" Альварес бўйича қарор қабул қилди  2 17:31"Реал" футболчиси жамоадаги ўрнидан норози  5 17:02Ди Канио: "Леау майдонда сайр қиляпти"  1

"Paxtakor" o'z tarixida ikkinchi bor Superkubokni qo'lga kiritdi yoxud Samarqanddagi scenariy takrorlandi Yangiliklar

"Paxtakor" o'z tarixida ikkinchi bor Superkubokni qo'lga kiritdi yoxud Samarqanddagi scenariy takrorlandi

2022 yilgi O'zbekiston Superkubogidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkibi bilan tanishing:

O'zbekiston Superkubogi
27 fevral, yakshanba

"Paxtakor" – "Nasaf" 1:0 (TUGADI)

Farg'ona. Yaypan. "O'zbekiston" stadioni. 7200 tomoshabin

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Alisher Usmonov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Rustam Lutfullin
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Dragan CHeran 61 - 1:0

"Paxtakor": Eldor Suyunov (Sanjar Quvvatov, 45), Hojiakbar Alijonov, Aleksey Larin, Kamen Xadjiev, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Ikrom Aliboev, Sardor Rashidov (Xojimat Erkinov, 81) Sardor Sobirxo'jaev (Oliver SHarkich, 81), Aziz Turg'unboev ( Jasur Yoqubov, 90+3), Dragan CHeran.

Zaxira:   Ruslan Roziev, Diyor Xolmatov, Abbos Ergashboev, Abbos Fayzullaev, Mirjahon Mirahmadov.

"Nasaf": Umid Ergashev, Dilshod Saitov, G'olib G'aybullaev, Umar Eshmurodov, SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoevich (Bahrom Abdurahimov, 80), Ivan Solovyov (Aziz Xolmurodov, 80) SHarof Muhidinov, Suhrob Nurulloev (Husniddin Aliqulov, 87), Husayn Norchaev.

Zaxira: Soyibov, Nematov, Davronov, Rahmatov, Akramov, Sadullaev, 

Ogohlantirish: Farruh Sayfiev ("Paxtakor") 12, Marko Stanoevich ("Nasaf") 19, Aziz Turg'unboev ("Paxtakor") 49, Ikrom Aliboev ("Paxtakor") 53, Sanjar Quvvatov ("Paxtakor") 76, Dragan CHeran ("Paxtakor") 84, Odil Hamrobekov ("Paxtakor") 86, Aziz Holmurodov ("Nasaf") 90+3





YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Eslatib o'tamiz bu jamoalarning o'tgan yili Samarqandda kechgan Superkubok uchrashuvida ham shunday hisob qayd etilgan, CHeran esa g'alaba to'pini kiritgandi. 

90+4. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Aziz Holmurodov. 

90+3. O'ZGARISH. "Paxtakor" tarkibida Jasur Yoqubov Aziz Turg'unboev o'rniga maydonga tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

87. O'ZGARISH. "Nasaf", Suhrob Nurulloev o'rniga Husniddin Aliqulov tushdi. 

86. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Odil Hamrobekov

85. Bugungi uchrashuvni stadiondan bevosita 7200 tomoshabin kuzatib bormoqda. 

84. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Dragan CHeran

81. O'ZGARISH. "Paxtakor", Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Oliver SHarkich, Sardor Rashidov o'rniga Xojimat Erkinov tushdi

80. O'ZGARISH. "Nasaf", Marko Stanoevich o'rniga Bahrom Abdurahimov, Ivan Solovyov o'rniga Aziz Xolmurodov tushirildi

78. "Nasaf" darvozaboni Aziz Turg'unboevning birga-bir vaziyatga chiqib borishiga yo'l qo'ymadi. 

76. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Sanjar Quvvatov. 

68. VAUUUUUUUUU. Sanjar Quvvatov to'pni qabul qilishda xato qildi. Norchaev bosim o'tkazib vaziyatdan foydalanib ketishi mumkin edi. 

65. "Nasaf" bosimni oshirdi. 

61. GOOOOOOOOOOOOOL. CHERAAAAAAAAAAAN. Aziz Turg'unboevning qanotdan yuqorilatib uzatgan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga aniq yo'lladi. 

56. ZARBAAAAAAAAAAAA. SHarof Muhiddinov 30 metrlardan ajoyib zarba yo'lladi. Juda kuchli va xavfli. 

53. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Ikrom Aliboev Akmal Mozgovoyga nisbatan qoida buzdi.

49. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Aziz Turg'unboev 

47. ZARBAAAAAAAAA. Ivan Solovyov jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Xavfliii. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

44. O'ZGARISH. "Paxtakor", Eldor Suyunov o'rniga Sanjar Quvvatov tushdi. 

41. UXXXXXXXXX. Kutilmaganda Xusayn Norchaevga himoyachilardan to'p kelib tushdi. Eldor Suyunov vaqtida to'pga chiqib kelib gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Suyunov jarohat oldi. Katta ehtimol bilan almashtiriladi. 

34. Sardor Rashidovning aniq zarbasini Umidjon Ergashev xotirjam ushlab oldi. 

32. ZARBAAAAAAA. SHerzod Nasrullaevning zargarona uzatmasidan so'ng Suhrob Nurulloev zarba berdi. Himoyachilar to'p yo'liga g'ov bo'ldi. 

30. Ustunlik "Paxtakor" tomonida. 

28. ZARBAAAAAAAAAA. Aziz Turg'unboev qanotdan kirib borib Umar Eshmurodov taqibidan qochib zarba berdi. Darvozabon qaytardi. 

26. ZARBAAAAAAAAAAAA. Xojiakbar Alijonov raqib himoyachilaridan kelib tushgan to'pni to'xtatmay darvozaga yo'lladi. Zarba juda kuchli. Biroq noaniq. Ushbu zarbadan so'ng Alijonovning OCHLda "Al Saad"ga urgan goli yodimizga tushdi. 

25. "Paxtakor" jarima zarbasi ishladi. 

19. OGOHLANTIRISH. "Nasaf", Marko Stanoevich Farruh Sayfievga nisbatan qo'pol o'ynadi. 


12. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Farruh Sayfiev oldinga o'tib ketgan Dilshod Saitovni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

10. ZARBAAAAAAAA. Eldor Suyunov qaytargan to'pni Marko Stanoevich to'g'ri darvozaga yo'lladi. Biroq noaniq. 

2. "Nasaf" tezkor hujum uyushtirdi. Aleksey Larin xavfni bartaraf etdi. Qarshiliklar ilk daqiqalardan bosim qildi. 

O'yinga start berildi. 

Bachra narsa o'yinga shay holatda. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv 16:00da boshlanadi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика