So’nggi yangiliklar

08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  0 08:31"Балки биз чампион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  0 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  6 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  2 03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  2 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  40 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  5 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  63 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  12

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev OFK rahbarini qabul qildi Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev OFK rahbarini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 26 aprel kuni Osiyo futbol konfederaciyasi rahbari SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qita konfederaciyasi prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy qutlab, Osiyoda ushbu sport turini ommalashtirishga qo'shayotgan shaxsiy hissasini qayd etdi.

Mamlakatimiz va konfederaciya o'rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganiga alohida mamnuniyat bildirildi. Futbolni rivojlantirish, unga yoshlarni keng jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha qo'shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa O'zbekistonda havaskor va professional futbolni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va o'qitish bazasini barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlarni yuqori baholadi. Mamlakatimizda yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatlari muvaffaqiyatli o'tkazilgani va yaqinda milliy terma jamoamiz g'alaba qozongani bilan chin dildan tabrikladi.

Uchrashuv davomida Osiyo futbol konfederaciyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, yirik tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar va yoshlar o'rtasidagi birinchiliklarni tashkil etish va o'tkazish, ushbu sport turini ommalashtirish, ilg'or tajribani joriy qilish va metodologik yordam ko'rsatish, murabbiylarning malakasini oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика