So’nggi yangiliklar

20:30Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  15 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  30 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  0 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  4 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  16 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0

O'zbekiston OTJ Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun Jakartaga etib bordi Yangiliklar

O'zbekiston OTJ Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun Jakartaga etib bordi

Sakkiz kundan so'ng Indoneziyada XVIII Osiyo o'yinlari start oladi.

Musobaqa davomida millionlar o'yini sanalgan futbolga qiziqish yuqori bo'lishi shubhasiz. Bugun Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan futbolchilarimiz Indoneziya poytaxti Jakarta shahriga etib borishdi. Ularni mamlakat poytaxtidagi "Soekarno Hatta" aeroportida Indoneziyaga 2 kun avval etib borgan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining ishchi guruhi azolari kutib olishdi.

Indoneziyaga etib borgan futbolchilarimizning kayfiyati juda yaxshi. Terma jamoamiz yarim himoyachisi Doston Hamdamov Osiyo o'yinlari oldidan yigitlarda ishtiyoq kuchli ekanligini aytib o'tdi.

"Musobaqaga tayyorgarlik yaxshi o'tdi. Yig'inlardan ko'nglimiz to'ldi. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan so'ng ushbu musobaqaga jiddiy kirishganmiz. Nasib qilsa, Xitoydagi muvaffaqiyatni yana bir marotaba takrorlaymiz.

Klubdan ruxsat olishda muammo bo'ldimi? To'g'ri, musobaqa FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi sababli bu borada biroz muammo bo'ldi. Ammo, baribir yakunda ular ham o'z yurtim jamoasiga yordam berishimga ruhsat berishdi, meni tushunishdi. "Anji" klubidagilar ham Osiyoda chempionlikka erishganimizni bilishadi. SHaxsan o'zimda ham ushbu musobaqada qatnashish ishtiyoqi kuchli edi. Bu har bir sportchining orzusi. Xudo xohlasa harakat qilib vatanimizga yana bir bora chempionlikni taqdim etamiz. Bizda kuchli istak bor. Faqat oldinga boramiz, ortga yo'l yo'q", – dedi Doston Hamdamov.

Hujumchi Zabihillo O'rinboev esa Xitoydagi chempionlik tasodif emasligini isbotlash lozimligi haqida gapirdi.

"Uzoq parvozdan so'ng biroz charchagan bo'lsakda kayfiyatimiz juda yaxshi. Biroz dam olgandan so'ng mashg'ulotlarni boshlab yuboramiz. Osiyo o'yinlari oldidan tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkentda o'tkazdik. Bir hafta davomida o'yinlarni tahlil qildik, videotakrorlarni ko'rib chiqdik, raqiblarni o'rgandik. Biz Osiyo chempionligini qo'lga kiritganmiz. Endi uni tasodif emasligini isbotlashni istaymiz", – dedi Zabihillo O'rinboev.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o'yinlarida "B" guruhidan o'rin olgan bo'lib, guruh bosqichida futbolchilarimizga Tailand, Bangladesh va Qatar terma jamoalari raqiblik qiladilar. Jamoamiz musobaqadagi ilk o'yinini 14 avgust kuni Bangladesh terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 14:00da "Pakansari" stadionida boshlanadi. Terma jamoamiz azolari aeroportdan to'g'ri Bogor shahriga yo'l olishdi va "Aston Bogor Hotel" mehmonxonasiga joylashishdi.


Terma jamoamiz Osiyo o'yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Darvozabonlar:

Botirali Ergashev “Navbahor”
Rahim Davronov “Mashal”

Himoyachilar:
Dostonbek Tursunov "Neftchi"
Islom Qobilov “Bunyodkor”
Abbos Otaxonov “Metallurg”
Hojiakbar Alijonov “Paxtakor”
Rustam Ashurmatov “Bunyodkor”
Akrom Komilov “Bunyodkor”

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov “Nasaf”
Javohir Sidiqov “Qo'qon-1912”
Jasur Yaxshiboev “Paxtakor”
Doniyor Narzullaev “Nasaf”
Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”
Aziz Turg'unboev “Navbahor”
Xurshid G'iyosov “Bunyodkor”
Ikrom Aliboev “Lokomotiv”
Doston Hamdamov “Anji”, Rossiya

Hujumchilar:
Zabihullo O'rinboev “Metallurg”
Bobir Abdixoliqov “Nasaf”
Andrey Sidorov “Neftchi”


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика