So’nggi yangiliklar

12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  7 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  4 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  2 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  6 10:20Неймар яна жароҳат олди  5 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  13 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  7 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10

O'zbekiston MTJ 12 noyabr kuni bo'ladigan o'yinga bir hafta oldin yig'iladi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ 12 noyabr kuni bo'ladigan o'yinga bir hafta oldin yig'iladi

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev o'zining telegram kanalida milliy terma jamoamiz 6 noyabrdan yig'inga kirishishini malum qildi.

Bu oyda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan terma jamoa noyabrda ham ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishni maqsad qilgan. O'FA rasmiy sayti 28 sentyabr kuni chop etgan xabarga ko'ra, vakillarimizning navbatdagi yig'ini BAAda tashkil etiladi. 

FIFA kunlari 9-17 noyabrga belgilangan. BAAda yig'in o'tkazadigan O'zbekiston MTJ 12 noyabr Suriya hamda 17 noyabr Iroq bilan kuch sinashishni rejalashtirib qo'ygan. FIFA kunlari 9 noyabrdan boshlanadi deyilyapti, biroq Vadim Abramov futbolchilarni 6 noyabrdan yig'moqchi. 

PFL esa 6-7 noyabr kunlari O'zbekiston Kubogining dastlabki uchrashuvlarini o'tkazib olishni maqsad qilgandi. Lekin terma jamoa 6 noyabrdan yig'iladigan bo'lsa, unda Kubok yana keyinga suriladi. 

Aytaylik, Suriya bilan o'yin 12 noyabrga belgilangan, lekin futbolchilarni bir hafta oldin yig'ishdan naf bormikan? Dubayga qachon uchib ketilishini bilmaymiz, lekin bu o'rinda Kubokni ham boshlab olsak chakki bo'lmasdi. CHunki FIFA kunlari tugaganidan so'ng buyog'iga dekabr yaqinlashib qolgan bo'ladi va chempionatni qachon yakunlab olish hamda eng muhimi, Kubokni qachon o'tkazish masalasi yana kun tartibiga chiqadi.

Abramovning futbolchilarni ancha oldin yig'ishi yangilik emas. Masalan, o'tgan yil o'zimizda Saudiya Arabistoni bilan o'ynaganimizda futbolchilar 21 kun terma jamoa ixtiyorida bo'lishgandi. Yakunda esa baribir yutqazganmiz.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика