So’nggi yangiliklar

18:41Суперлига. "Бухоро" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  6 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  0 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  10 18:30Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" (матнли транлсяция)  6 18:05Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  5 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  13 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  47 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  4 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0

O'zbekiston kubogining yangi formatda va dekabr oyida o'tishiga klublar tayyormi? Murabbiylar bu borada qanday fikrda? Yangiliklar

O'zbekiston kubogining yangi formatda va dekabr oyida o'tishiga klublar tayyormi? Murabbiylar bu borada qanday fikrda?

Pandemiya barcha sport turlari qatori millionlar o'yinida ham ko'p narsalarni o'zgartirib yubordi.

Mavsum boshida ishlab chiqilgan rejalar bari ostun-ustun bo'lib ketdi. Natijada joriy mavsum ichki chempionatda ham bir qator noqulayliklar yuzaga keldi, jamoalar tig'iz taqvimda harakat qilishga majbur bo'lishdi. Hattoki vaziyat shuni taqozo etganidan birinchi davraning so'nggi to'rt turi markazlashgan holatda o'tkazildi. Ko'rdingiz neytral maydonda o'tkazilgan va markazlashgan chempionatga aksariyat klublarimiz hali tayyor emasligi oydinlashdi. Ammo, yana qaytaraman pandemiya shunga majbur qildi. Nasib qilsa Superliga bahslarini xotirjamlikda yakunlab olamiz.

Ammo, bu erda yana bir asosiy masala O'zbekiston kubogi qolib ketmoqda. Bu Liga kubogi yoki o'rtoqlik turniri emas. Turnir g'olibi xalqaro maydonga yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunday imkoniyat barcha jamoalarda mavjud. Tig'iz taqvim, FIFA kunlari, terma jamoa yig'inlari sabab kubok bahslarini boshlab olishning fursati bo'lmadi. Agarda FIFA kunlarida terma jamoamiz yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilmaganida ham oraliqdagi bo'sh kunlardan foydalanish mumkin edi. Biroq, barcha narsa terma jamoa manfaati yo'liga qaratilishini ham unutmasligimiz lozim. PFL bergan xabarga ko'ra endilikda kubok musobaqasi olimpiya formatida, qaytadan qura tashlangan holda o'tkaziladi. Katta ehtimol bilan turnir dekabr oyida ham davom etadi. Xo'sh klublar bunga qanchalik tayyor bo'ladi? Odatda dekabr oyi futbolimizda tanaffusga yo'l oladigan, sarhisob qiladigan va yangi mavsumga rejalarni ishlab chiqadigan payt sanaladi. Nima bo'lgan taqdirda ham kubokni o'tkazish shart hisoblanadi. Ammo, jamoalar qanday holatda etib boradi degan savol tug'iladi. SHu sababli vaqtdan yutish uchun olimpiya formatida o'tkazish to'g'ri bo'lardi. Biz bu borada Superliga klublarining murabbiylarining fikrlariga quloq tutdik.

Baxtiyor Ashurmatov ("Qo'qon-1912" bosh murabbiyi): -  Vaqtdan yutqazganimizni hisobga olsak mening fikrimcha O'zbekiston kubogini olimpiya formatda o'tkazish to'g'ri qabul qilingan qaror deb o'ylayman. Bitta o'yindan iborat bo'lgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun har bir jamoaning imkoniyati yuqori. 1/4 finalga chiqish uchun jamoalar bittadan o'yin o'tkazadi. Guruh bosqichida esa uchtadan o'yin o'tkazishga to'g'ri kelardi. To'g'ri, biz har qanday holatga ham tayyormiz. Lekin, pandemiya sabab ko'p vaqt yo'qotildi.

Ulug'bek Baqoev ("Sug'diyona" bosh murabbiyi): - Men roziman. Kubok o'yinlarining olimpiya formatda o'tishiga qarshiligim yo'q.

No'mon Hasanov ("Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi): - Bilasizlar, ushbu mavsumda Superliga bilan birgalikda kubok bahslarini ham yakunlab qo'yishimiz kerak. Bunda barcha jamoa bir xil sharoitda bo'ladi. Keyingi mavsumga yaxshi, bemalol tayyorgarlik ko'rish uchun ham olimpiya formatida o'tkazish to'g'riroq. Qolaversa bu pallada barcha futbolchilar sport formada bo'ladi. To'rtta o'yin bilan ularning sport formasiga zarar etmaydi. Jamoada 23 nafar futbolchi bor. Rotatciyalar qilamiz. Hozirda barcha futbolchilar sport formada. Masalan Serbiyada kubok o'yinlari shunday formatda o'tkaziladi faqat mavsum boshida. Olimpiya formatida barchasi bitta o'yinda hal bo'ladi. Hozirda mavsumni tezroq yakunlab olish lozim. Guruh bosqichida esa cho'zilib ketardi. Jamoalar bitta o'yinda yutqazib chiqib ketishi ham mumkin. Aytganimdek zaxiradagi futbolchilardan foydalangan holda o'ynaymiz. 

Vadim Abramov ("Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi): - Olimpiya formatda o'tishini avvalgi intervyularda o'zim aytib o'tgan edim. Umid qilamanki kubok bahslariga qadar tayyor bo'lamiz. Bu to'g'ri qaror bo'ldi. O'yinlar dekabrda ham o'tadigan bo'lsa nima qilamiz? O'ynaymiz. Hech narsani o'zgartira olmaymiz. Maydonga chiqamiz va o'ynaymiz. O'ylaymanki ob-havo ham yaxshi bo'ladi.  

Jamshid Saidov ("Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi): - Hozirda asosiy maqsadimiz "Buxoro"ni Superligada olib qolish. Kubok bahslarining qanday formatda o'tishining biz uchun farqi yo'q.

Ayni vaqtda Superliga bahslari ayni qiziq pallaga kirib bormoqda. Kubok uchrashuvlari ham bundan kam bo'lmagan holatda o'tishini taxmin qilishimiz mumkin. Bitta o'yindan iborat turnirda har bir jamoa jon jahdi bilan kurashadi. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика