So’nggi yangiliklar

17:05Неймар Бразилиянинг 2025 йилги сўнгги ўртоқлик ўйинларига чақирилмади  0 16:38Футбол агенти футболчини қурол билан қўрқитди  0 16:10"Локомотив" U-14 Туркиядаги халқаро турнирда чемпион бўлди  1 16:02Ўткир Юсупов тикланиш жараёнини Тошкентда давом эттирмоқда  2 15:49​"Фиорентина" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 15:24Хаби Алонсо "Ливерпул"га қарши ўйин олдидан дадил баёнот берди  7 14:58Артета футбол ташкилотларидан "Арсенал" футболчиларини ҳурмат қилишни талаб қилди  4 14:33"Насаф" "Ал Ваҳда"га имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:09Игорь Сергеев: "Агар сиз ўзингизни ўйлаб ўйнасангиз, ҳеч нарса ўхшамайди"  4 13:48Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Жаҳон чемпионатида Англия ва Франция иштирокидаги ўйинларда ишлайди  2 13:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон учрашувида ишлайдиган ҳакамлар маълум  3 13:02Суперлига сўнгги тури ва плей-офф саналарига ойдинлик киритилди  9 12:42Голларга бой ўтган "Пахтакор" – "Бунёдкор" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 12:18Суперлига. 28-тур учрашувларини бошқариб борувчи ҳакамлар эълон қилинди  5 11:50Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 10 ноябрь куни сафарга отланади  17

O'zbekiston kubogi. Finalda avtogol urgan futbolchilarni bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Finalda avtogol urgan futbolchilarni bilasizmi?

O'zbekiston kubogi final uchrashuvi 30 oktyabrga belgilangan. Buxoroda o'tadigan bahsda "Nasaf" "Navbahor" bilan to'qnashadi.

Bu musobaqa tarixidagi 30-final hisoblanadi. Ortda qolgan 28 o'yinda muxlislar jami 77 gol ko'rishgan. Ularning 36 tasi "Paxtakor" vakillari tomonidan urilgan bo'lsa, boshqa jamoalarning statistikasi quyidagicha: "Bunyodkor" — 10, "Neftchi" — 8, "Nasaf" — 7, "Do'stlik" — 4, AGMK, "Lokomotiv" va "Navbahor"da 3 tadan, "Traktor" — 2, "Dinamo" — 1. 

"Temiryo'lchi" (hozirgi "Qo'qon-1912"), MHSK, "Yangier", "Mashal" va "SHo'rtan" futbolchilari esa o'zlari ishtirok etgan final bahslarida maydonni golsiz tark etishgan.

Xet-trik

Kubok finallari tarixidagi yagona xet-trik "Paxtakor" etakchisi Dragan CHeranning nomiga yozilgan. U 2019 yil AGMK darvozasiga 3 ta gol urgan edi.

Dubllar

O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bahslarida 11 nafar futbolchi dublga erishgan: Andrey Akopyanc (1997), Jafar Irismetov (2000), Leonid Koshelov (2001), Gochkuli Gochkuliev (2002), Anvar Soliev (2008), Irakli Klimiashvili (2011), Oleksandr Pishur (2013), Yovan Jokich (2018), Dragan CHeran (2020).

Avtogol

Finallar tarixidagi atigi 3 ta avtogol bor. 2002 yil "Paxtakor" bilan o'yinda "Neftchi" futbolchisi Sergey Lebedev o'z darvozasiga 2 ta gol urgani holda tarixga kirgan edi. SHuningdek, SHerzod Azamov ham bir gal shu xatoga yo'l qo'ygan (2015, "Nasaf" tarkibida).

FAKT: SHerzod Azamov kubok finalida ham raqib, ham o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan tarixdagi yagona futbolchi.

Finalda gol urgan barcha futbolchilar

5 - Dragan CHeran, Anvar Soliev

4 - Leonid Koshelev

3 - Avtogol (Sergey Lebedov - 2, SHerzod Azamov) 

2- Mirjalol Qosimov, No'mon Hasanov, Rustam Do'rmonov,  Akopyanc Andrey, Gochguliev Gochguli, Jafar Irismetov, Server Jeparov, Jasur Hasanov, Irakli Klimiashvili, Oleksandr Pishur, Yovan Jokich.

1- Rifat Galeev, Ravshan Bozorov, Aleksey Vinnikov, Knyazev Vyacheslav, Farid Habibulin, Oybek Usmonxo'jaev, Azamat Abduraimov, SHuhrat Rahmonqulov, Abduqahhor Marufaliev, Anvar Berdiev, Sergey Ni, Muxtor Qurbonov, Akmal Xolmatov, Zayniddin Tojiev, Dilshod Mavlonov, Vladimir SHishelov, Timur Ayzatulov, Bayramov Renat, Ixeruome Uche, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Stevica Ristich, Aleksandr Kleckov, Jahongir Jiyamurodov, SHavkat Salomov, Kamoliddin Murzoev, Viktor Karpenko, Ilhom Yunusov, SHerzod Azamov, Artur Gevorkyan, Temurxo'ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev, Isma Gonsalvesh, Zohir Pirimov, Jaloliddin Masharipov, Odiljon Hamrobekov, Bahrom Abdurahimov, G'olib G'aybullaev.

Fakt: Bo'lajak bahsda maydonga tushadiganlardan faqatgina Yovan Jokich, Stanislav Andreev, G'olib G'aybullaev hamda Bahrom Abdurahimovning finallarda gol urish bo'yicha tajribasi bor.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика