O'zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" asosiy jamoasi Namanganga bormadi
23 apr 2025 10:25
Yangiliklar
O'zbekiston Kubogi. "Bunyodkor" asosiy jamoasi Namanganga bormadi
Bugun O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvlari davom etadi.
Guruh taqvimiga ko'ra, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bugun Namanganda "Namangan FA" jamoasi bilan kuch sinashadi. Malumotlarga ko'ra, mazkur bellashuvda klubning asosiy emas, balki o'rinbosarlar jamoasi ishtirok etadi. O'yin suniy maydonda bo'lib o'tishi hisobga olsak, Ilyos Zeytullaev futbolchilarni asrashni lozim topgan bo'lishi mumkin.
Malumot uchun, "qaldirg'ochlar" navbatdagi bahsini Superliga doirasida 28 aprel kuni uyda OKMKga, O'zbekiston Kubogida esa guruhdagi oxirgi uchrashuvini 21 may kuni "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar