So’nggi yangiliklar

09:31Нигерия термаси устози рақибни сеҳр қилишда айблади. Жамоа пенальтилар сериясида имконият Конго ДРга ютқазиб қўйди ва энди ЖЧ-2026га бормайди  1 09:05ЖЧ-2026. Қитъалараро плей-офф босқичида ўйнайдиган барча терма жамаолар номи маълум  3 09:00U-17 Жаҳон чемпионати. Италия – Ўзбекистон 3:2  0 08:38Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 42 таси маълум   4 08:12ЖЧ-2026 саралаш. Шимолий Америка қитъасидан ЖЧга йўлланама олган терма жамаолар номи маълум  1 07:42Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  4 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  12 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  33 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  32 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  4 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  13 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  9

O'zbekiston kubogi 1/8 finaldagi bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi 1/8 finaldagi bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 6 iyul sanasida O'zbekiston kubogi 2024 yilgi mavsumning nimchorak final bosqichi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 7 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi. Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.


1-vaziyat. "Olimpik-MobiUZ" - "Xorazm" o'yini: mehmonlarning hisobga olinmagan goli.

"Olimpik-MobiUZ" - "Xorazm" uchrashuvining 14-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 77-raqamli futbolchi to'pni toshkentliklar darvozasiga kiritdi. Ammo yon hakam ofsayd borligini qayd etdi, VAR ham buni tasdiqladi. Referi SHavkat Nasibullaev o'yindan tashqari holat borligi sabab golni inobatga olmadi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi ofsaydda qolib ketgan. SHu bois, Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.


2-vaziyat. "Mashal" - "Qizilqum" qarama-qarshiligi: mezbonlarning hisobga olinmagan goli.

"Mashal" - "Qizilqum" uchrashuvining 18-daqiqasida mezbonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi va 11-raqamli futbolchining boshi bilan bergan zarbasidan so'ng to'pni navoiyliklar posboni chiziq ustida qaytarib qoldi. Bosh hakam Doston Rahmonov gol bo'lmaganini malum qilib, uchrashuvni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda ham kadrlar orqali holatni aniq ko'rishning iloji yo'q. To'p chiziqni kesib o'tgan yoki o'tmaganligini aniqlash murakkab. SHu sababli, hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


3-vaziyat. "Metallurg" - "Surxon" uchrashuvi: mehmonlarning goli.

"Metallurg" - "Surxon" o'yinining 34-daqiqasida mehmonlarning 99-raqamli futbolchisi uzoq masofadan zarba yo'lladi va to'p darvoza ustunlariga tegib, yana maydonga qaytdi. Bosh hakam Sultonmurod Abdurahmonov yordamchi hakam bilan muloqotdan so'ng golni inobatga oldi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda kadrlar orqali holatni aniq ko'rishning iloji yo'q. Yaqqol kadrning yo'qligi bois VAR vaziyatga aralashmay to'g'ri qildi. To'p chiziqni kesib o'tgan yoki o'tmaganligini aniqlash murakkab. SHu sababli, hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


4-vaziyat. "Navbahor" -"Buxoro" to'qnashuvi: mehmonlarning hisobga olinmagan goli.

"Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvining 3-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi, lekin 9-raqamli futbolchi darvozabonga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. Bosh hakam Asker Najafaliev golni inobatga olmadi va fol qayd etilganini malum qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi darvozabonga nisbatan qo'pol harakat qilgan. Qoidaga ko'ra, bu kabi hollarda fol qayd etiladi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.


5-vaziyat: "Bunyodkor" - "Qiziriq": bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.

"Bunyodkor" - "Qiziriq" bellashuvining 81-daqiqasida mehmonlarning 16-raqamli futbolchisi toshkentliklarning 57-raqamli vakilini qo'li bilan turtdi. Bosh hakam Doston Mirzaraimov dastlab bahsni davom ettirdi. O'yin to'xtagandan so'ng VAR hakami uni monitor yoniga chaqirgach, nuqtaga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda himoyalanayotgan futbolchi qulay hududga chiqib borayotgan raqibini turtib yiqitgan. Penalti belgilash uchun asos etarli va Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


6-vaziyat. "Aral" - "Paxtakor" to'qnashuvi: bahsli penalti.

"Aral" - "Paxtakor" uchrashuvining 18-daqiqasida nominal mezbonlarning 77-raqamli vakili mehmonlar posboni bilan to'p uchun o'ynadi va to'pni o'zidan uzoqlashtirib yuborgach, penalti ishlashga harakat qildi. Bosh hakam Nayim Qosimov penalti uchun asos etarli emas, deb hisobladi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi to'pni o'zidan uzoqlashtirib bo'lgandi. Qo'shimchasiga, u penalti ishlashga harakat qilgani ham sezilib turibdi. 11 metrlik jarima zarbasi belgilash uchun asos etarli emas. SHu sababli, komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb hisoblandi.


7-vaziyat. "Aral" -"Paxtakor" qarama-qarshiligi: mehmonlarning hisobga olinmagan goli.

"Aral" - "Paxtakor" uchrashuvining 90+2-daqiqasida mehmonlar yana bir gol urishga muvaffaq bo'ldi. 31-raqamli M. Usmonov qanotdan uzatib berilgan pasdan so'ng to'pni darvozaga kiritdi. Bosh hakam Nayim Qosimov golni inobatga olmadi va ofsayd qayd etilganini malum qildi. VAR ham qarorni tasdiqladi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan. VAR hakamlar qarorini tekshirib chiqib, ofsayd to'g'ri qayd etilganini malum qildi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика