So’nggi yangiliklar

17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   0 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  11 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  2 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  0 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  3 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   20 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  23 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  14 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  8

Osiyo o'yinlari. O'zbekiston chorak finalda! Yangiliklar

Osiyo o'yinlari. O'zbekiston chorak finalda!

Osiyo o'yinlari doirasidagi O'zbekiston - Gonkong uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'zbekiston - Gonkong 3:0

Hakamlar: Sulton Abdulrazzoq Al Marzuqi, Jasim Abdulla Yusu Abdulla Al Ali (ikkisi BAA), Abdulrahim Xabib Al SHammari, Muhammad Xolid Al Xoish (ikkisi Saudiya Arabistoni)

Gollar: Ikrom Aliboev 27, - 1:0. Javohir Sidiqov 60, - 2:0. Zabihillo O'rinboev 65, - 3:0.

O'zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6. Jaloliddin Masharipov (11.Bobir Abdixoliqov, 71), 7. Odiljon Xamrobekov, 9. Zabixillo O'rinboev (19.Andrey Sidorov, 80), 10. Javohir Siddiqov (16.Doniyor Narzullaev, 71), 14. Ikromjon Aliboev, 17.Dostonbek Hamdamov, 20. Dostonbek Tursunov.

Gonkong: 1.Xo CHun Yuen, 3.Vang Kit Cui, 4.Xok Ming Lau, 5.Lilley Nunez, 6.CHun Lok Tan, 8.Remi Dujardin, 9.Vai Keng CHung, 10.Ka Vai Lam (13.Xo Ming Yiu, 72), 12.CHun Ming Vu, 15.Pui Xong YU, 18.Tarres Paramo (14.Long Xin Ce, 73)

CHetlatish: Pui Xong YU 43.



Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalga chiqdi. Terma jamoamiz chorak finalni 26 avgust kuni o'tkazadi. Hozircha raqib malum emas. Bugun bo'lib o'tadigan Eron - Janubiy Koreya uchrashuvi g'olibi chorak finalda O'zbekiston bilan o'ynaydi.


90+3. ZARBA! Hamdamovning kuchli zarbasidan so'ng darvozabon to'pni egallab oldi

90+1. Xavfli vaziyayayayayayayayayayayayayayayat! Hamdamov birga bir vaziyatda darvozabonni alday olmadi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

88. Xavfli vaziyayayayayayayayayat! Doniyor Narzullaev o'ng qanotdan to'pni darvoza yoniga tashladi, himoyachi to'pni qaytarib yubordi.

80. O'zgarish. O'zbekiston. Zabihillo O'rinboev o'rniga Andrey Sidorov tushdi

76. ZARBAAAAAAAAAAAA! Ikrom Aliboevning zarbasi juda xavfli chiqdi

71. ZARBA! Burchak to'pidan so'ng Tursunovning boshi bilan bergan zarbasi noaniq chiqdi

70. O'zgarishlar. O'zbekiston. Jaloliddin Masharipov o'rniga Bobur Abduxoliqov, Javohir Sidiqov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

65. Hamdamovning boshi bilan oshirgan to'pini O'rinboev boshi bilan darvozaga yo'lladi. 

65. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZABIHILOOOOO O'RINBOOOOOOOOOOOEEEEEEEEEEEEEV! 3:0

60. Masharipovning zarbasini darvozabon qaytardi, Hamdamov to'pni sherigiga oshirdi, Sidiqov osonlik bilan gol urdi.

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JAVOHIIIIIIIIIIR SIDIQOOOOOOOOOOOOOOV! 2:0

58. O'yin biroz tenglashgandek ko'rinmoqda

53. Raqiblar deyarli hech qanday qarshilik ko'rsata olishmayapti

47. Zabihillo O'rinboev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi taym tugadi

43. QIZIL KARTOCHKA! Pui Xong YU maydondan chetlatildi

40. ZARBA! Odil Hamrobekovning zarbasi noaniq chiqdi

35. Vakillarimiz osonlik bilan o'ynashmoqda

30. Bugun tongda Jakartaga etib borgan bir guruh o'zbekistonlik futbol muxlislari terma jamoamizni stadiondan qo'llab turishibdi

29. Komilovning uzatgan to'piga Masharipov ulgurmadi, darvozabon o'z o'rnida

27. Jarima maydoni tashqarisida to'pni egallab olgan Aliboev o'ng oyog'i bilan ajoyib gol urdi.

27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IKROOOOOOOOOOOOM ALIBOOOOOOOOOOOOOOOOOEEEEEEEEEEEEEEEEV! 1:0.

22. Yana bir burchak to'pi, Hamdamovning uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi. Keyingi hujumda Komilovning oshirgan to'pini darvozabon ilib oldi.

18. Zarba! Hamdamovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

16. Raqibning hujumini Botirali Ergashev jarima maydonini tark etib bartaraf etdi

14. Ketma-ket burchak to'plari foyda keltirmayapti

13. Tashabbus to'lig'icha vakillarimiz tomonida

Superliganing eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Superliganing eng yaxshi darvozaboni — Eldorbek Suyunov

11. Masharipovning chap qanotdan darvozaga yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi

10. Sidiqovning burchakdan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

9. Vakillarimiz burchak to'piga ega bo'lishdi. Hamdamovning oshirgan to'pi noaniq ketdi. Yana burchak to'pi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi. 



Reyting: +159   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика