So’nggi yangiliklar

08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  1 08:12Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 07:45Sofascore. Финални энг ёмон ўйинчиси ким бўлди?  2 07:17Европа лигаси. Финалнинг учрашувнинг "man of the match"и маълум  11 01:59"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилиб, Европа лигасида ғолиб чиқди! Энди лондонликларда ҳам соврин бор!  95 01:58"Сирдарё ФА" бош мураббийи Аббос Махсталиев: "Мақсадимиз – академия ёшларига имконият бериш"  4 00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  8 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi nima va u qanday ishlaydi? Tashkilot rahbari Kamoliddin Murzoev batafsil malumot berdi Yangiliklar

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi nima va u qanday ishlaydi? Tashkilot rahbari Kamoliddin Murzoev batafsil malumot berdi

Yaqinda, O'zbekiston proffessional futbol ligasi O'FU yani O'zbekiston futbolchilar uyushmasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

Bundan ko'zlangan maqsad shubhasiz futbolchilarni himoya qilish, klublar va futbolchilar o'rtasida yuzaga keladigan muammoli holatlarga echim topish va yordam berishdir. Xo'sh, futbolchilar uyushmasi o'zi nima? U o'zbekistonlik futbolchilarga qanday yordam beradi? Mazkur savollarga javob olish maqsadida uyushma rahbari, sobiq futbolchi Komoliddin Murzoevga yuzlandik.

O'zbekiston Futbolchilar Uyushmasi haqida

Biz xalqaro futbolchilar associaciyasi bo'lmish FIFPro tashkilotining O'zbekistondagi yagona vakili hisoblanamiz. 2017 yildan boshlab o'z faoliyatimizni boshladik. Xalqaro FIFPro tashkiloti 1965 yilda tashkil etilgan bo'lib, uning tarkibiga 65 azo mamlakatlarning uyushmalari kiradi. 2018 yilda Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tib O'zbekiston futbolchilar uyushmasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqdamiz.

Bizning asosiy vazifamiz futbolchilarni huquqlarini himoya qilish bilan birgalikda, ularning salomatligini o'ylashdir. SHuningdek, futbolchilik faoliyatlarini yakunlaganlaridan keyingi davrda ham amaliy ko'mak berish, shu bilan birgalikda futbolchilar ichidan malakali kadrlarni tayyorlashdir.

Bizning olib borayotgan har bir harakatlarimiz strategiyasi FIFPro tomonidan nazorat qilinib boriladi va yilda bir marotaba o'tkaziladigan yillik mintaqaviy kongressda baholanadi. Qo'yilgan talab va vazifalarni o'z vaqtida bajara olmagan, yillik hisobotni topshirmagan FIFPro azolari tashkilotdan chiqarib yuboriladi.



PFL bilan hamkorlik haqida
Bevosita PFL bilan hamkorlik mavzusiga qaytsak, darhaqiqat nafaqat bizning futbolda, jahon miqyosida ham klublar va futbolchilar bilan bog'liq ziddiyatlar ko'p uchrab turadi. Ularni echimini topishda, futbolchilar, Liga, klublarning hamjihatligi muhim rol o'ynaydi. O'ylaymanki, bugungi kunda o'zbek futboli tarixida ilk marotaba imzolangan bu shartnoma va kelishuv nafaqat qog'ozlarda, balki, amalda ham o'z isbotini ko'rsatishiga ishonchim komil. PFL bilan hamkorlik yurtimiz futboli rivoji yo'lida xizmat qilishi shubhasiz.

Mazkur hamkorlik memorandumini tuzishdan asosiy maqsad - tomonlar o'rtasida o'zaro manfaatli munosabatlarni o'rnatish va rivojlantirish, yurtimizdagi barcha proffessional futbolchilarni birlashtirish, mamlakatimizda futbol bo'yicha o'tkaziladigan barcha futbol musobaqalarida ishtirok etuvchi futbolchilarning xuquq va manfaatlarini hamjixatlikda himoya kilish, futbolchi va klub o'rtasidagi mehnat shartnomalarini FIFA talablari asosida tartibga solish, hamda minimal talablarga javob beradigan yagona namunaviy shartnomani ishlab chiqishdir. Buning zamirida futbol olamida o'z mavqeiga, kuchiga ega bo'lgan FIFA talablariga javob beradigan, unda qatnashuvchi futbolchilarni har tomonlama himoya qila oladigan Proffessional Futbol Ligasini yaratishda o'zaro hamjixatlikni o'rnatish imkonini beradi.



Hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida
Bugungi kunda 20 dan ortiq futbolchilarimizga mahalliy jamoalarimiz bilan bo'lgan vaziyatlar yuzasidan yordam kursatildi. Bular nafaqat qarzdorlikni undirish balki, shartnoma bandlarini o'zgartirish, klub bilan ikki tomonlama hamjihatlik asosida mehnat shartnomasini bekor qilish yoki uni uzaytirish kabilarni o'z ichiga oladi. Xorijda to'p tepayotgan legioner futbolchilarimizga ham o'z yordamimizni ko'rsatib kelyapmiz. Masalan, Bahodir Pardaevga Janubiy Koreyanin “Bucheon” jamoasi oldidagi qarzlarini to'liqligicha undirilib berilishi bilan birgalikda klub va agent taziyqi ostida qolgan futbolchimizni Koreya futbolchilar uyushmasi bilan hamkorligida shartnomasini bekor qilinishi va yurtimizga qaytarlishida yordamimizni berdik.

Milliy terma jamoamiz yuragi bo'lgan Ignatiy Nesterovning 2019yili Osiyo kubogidan keyin topshirgan tahlil natijasda undan doping topilganidan so'ng Moskvadagi hamkorimiz bo'lgan “Sila Lawyers” kompaniyasi bosh yuristi Mixail Prokopec bilan yuridik xizmatimizni ko'rsatdik va diskvalifikaciya muddatini 3 yildan 8 oygacha qisqartrishga erishdik.




O'FUga azo bo'lish ixtiyoriymi?
Uyushmamizning xalqaro tashkilotga azoligi bizning futbolchilarimizni nafaqat O'zbekistonda balki, butun dunyoda ularning huquq va manfaatlarini himoyasida bo'ladi. Ularni nafaqat biz, tashkilotning xalqaro yuristlari bilan birgalikda ximoya qilishimizda qul keladi. FIFPro tashkilotiga azo uyushmalarning futbolchilari FIFA qoshidagi nizolarni hal qilish palatasida ko'rib chiqiladigan ish jarayonida o'z navbatiga ega buladi va 3-6 oy ichida o'rganilib ijobiy hal buladi. Boshqa, futbolchilarning ishlari 2 yilga cho'zilishi mumkin. Bugungi kunda uyushmamizga 200 ga yaqin futbolchilar azo. Yil yakunida ular qaytadan sarhisob qilinadi. CHunki, uch yil ichida faoliyatini yakunlagan futbolchilar ham bor. FIFA simulyatorida PFL va futbolchilarning paydo bo'lishi uchun biz FIFProning talab va vazifalarini bosqichma-bosqich bajarib borishimiz zarur. Futbolchilarning uyushmamizga azo bo'lishi juda oson. Biz o'z saytimizni ishga tushirganmiz (https://ufpu.football/) unda istalgan proffessional futbolchi onlayn ariza qoldirishi mumkin. Uyushmaga azolik ixtiyoriy hisoblanadi.



FIFPro va O'FU o'rtasidagi loyihalar haqida

FIFPro'ga azolik bizga yana nimalarni beradi? 2017 yildan boshlab yurtimiz futbolchilari FIFA tomonidan o'tkaziladigan World 11 yilning eng yaxshi 11 futbolchisini aniqlab beradigan so'rovnomada ishtirok eta boshlashdi. FIFPro'da ayol futbolchilarga ham katta etibor beriladi. 2019 yil futbolchilarning salomatligi hamda antidoping masalalari yuzasidan futbolchilarning bilim va salohiyatlarini bilish va ularni oshirish bo'yicha FIFPro bilan katta loyiha o'tkazildi. Olingan anketa, savol javoblari yuzasidan shu yili yurtimizga futbolchilar salomatligini aniqlash va masalahatlar berish maqsadida niderlandiyalik mutahassis tashrifi rejalashtirilib, mart oyida katta seminar o'tkazish ko'zda tutilgan edi. Butun dunyoda pandemiya munosabati bilan bu seminarimiz kechroq muddatga surildi.



O'zbekiston futbolchilar uyushmasi qanday moliyalashtriladi?
Uyushmamiz hali yosh bo'lgani uchun FIFPro solidaritiy orqali moliyalashtiriladi. Vaqti kelib hayriya, reklama va azolik badallari orqali ham sarmoya kiritladi. FIFPro ustaviga ko'ra istalgan futbolchi azolik badal pullari to'g'risida malumot olish, byudjet sarhisobni surash huquqiga ega bo'ladi, bu haqida o'tgan yili Toshkentda o'tkazilgan seminarimizga tashrif buyurgan FIFPro Global bosh kotibi Frederika Vinia ham futbolchilarimizga alohida takidlab o'tgan edi.

Hamaga malum butun dunyoda futbolchilar uyushmalari keng ko'lamli ish olib boradi. Angliyada futbolchilari uyushmasiga asos solinganiga 100 yildan oshgan va 4000 dan ortiq futbolchilar xuquqlarini himoya qilib kelishadi. SHunday kuchli chempionatga ega davlatda futbolchilar uyushmasi faoliyat ko'rsatb kelar ekan. Biz ham futbolchilarimizni huquq va manfaatlarini himoyasi va tengligini taminlab o'zlariga bo'lgan ishonchni oshirishni o'zimizga maqsad qildik, - deydi Kamoliddin Murzoev. 



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика