So’nggi yangiliklar

10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5

O'zbekcha transferlar. SHartnoma muddati ham o'ta maxfiy sirmi? Yangiliklar

O'zbekcha transferlar. SHartnoma muddati ham o'ta maxfiy sirmi?

Teglar :  O'zbek transfer
1 yanvar kirib kelishi bilanoq bir qator klublarimiz yangi futbolchilarni tanishtirishni boshlab yuborishdi.

Gap qaysi futbolchilarning qaysi klubga o'tgani haqida emas. Mutlaqo! Meni bir narsa xayron qoldirmoqda va jahlimni chiqarmoqda.

Yangi futbolchini tanishtirayotganda klublarimiz taxminan mana shunday so'zlarni yozishadi: "...Falonchi falonchiev bilan shartnoma tuzildi. Umid qilamizki u muxislarimizni xkrsand qiladi va yangi mavsumda jamoamizga katta foyda keltiradi..."

Baraka topgurlar, futbolchi bilan necha yillik shartnoma tuzilganini yozish qiyinmi yoki u ham maxfiy sirmi? Yoki klub rahbari yoki bosh murabbiy shartnoma muddatini yozmanglar, deb aytadimi?

Odatda futbolchi va murabbiyning maoshini so'raganimizda, shartnomada maoshni oshkor qilish mumkin emasligi haqida band bor, deb javob berishadi. O'sha shartnoma qachongacha tuzilganini oshkor qilsa bo'ladimi?

CHet elda 1+1 ko'rinishidagi shartnomalar elon qilinadi, futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga olingani yoziladi yoki bu o'yinchi erkin agent sifatida jamoamizga kelib qo'shildi, deyishadi. Bizda-chi? "Paxtakor" va AGMK kabi klublardan tashqari boshqa hech bir klub bunday narsalarni yozmaydi.

Bazida futbolchi boshqa klubga ijaraga berilganini mavsum oxirida bilib qolamiz.

Yangi yil bayramlari tugaganidan keyin PFL baribir qaysi futbolchi qancha muddatga shartnoma tuzganini elon qiladi-ku! SHunday ekan, yashirishdan nima mano bor? Qachon bizda ham rahbariyat klub matbuot xizmatiga professional ishlashlari uchun imkoniyat yaratib berarkan? 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика