So’nggi yangiliklar

19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  0 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  6 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  11 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

O'zaro uchrashuvlar. “Lokomotiv-BFK” - “Oq-tepa” Yangiliklar

O'zaro uchrashuvlar. “Lokomotiv-BFK” - “Oq-tepa”

“Oq-tepa” “Lokomotiv-BFK” jamoalari O'zbekiston Birinchiligi bahslarida 2007 yilgi mavsumdan buyon to'qnash keladi.

2007 yilgi bahsda jamoamiz g'alaba nashidasini surgan. 2010 yilgi o'yinda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozongan. 2013 yilgi uchrashuv dramatik ko'rinish olgan. Hisob vakillarimiz tomonidan ochilgan, ammo tanaffusdan so'ng maydon egalari Zokir Mirzaahmedovning goliga ikki to'p bilan javob qaytarishgan. Keyinchalik zaxiradan maydonga tushgan Berumiy Abdunabiev hisobni tenglashtirgan bo'lsa-da, shu kuni jamoamizga nafaqat g'alaba, balki durangni ushlab qolish ham nasib qilmagan. 80-daqiqada yosh “temiryo'lchilar” tomonidan urilgan gol amalda o'yin taqdirini hal qildi.

O'tgan mavsumning birinchi davrasidagi uchrashuv gollarga boy tarzda kechib, mezbonlar 5:4 hisobida g'alaba qozongandi, ammo “temiryo'lchilar” tarkibida shu kuni 4ta sariq kartochkasi bor o'yinchi maydonga tushganligi sababli PFL “Lokomotiv-BFK”ga texnik mag'lubiyat yozdi.

O'ZARO UCHRASHUVLAR

2007 YIL

25-tur. 26 avgust

LOKOMOTIV-BFK - OQ-TEPA - 0:4 (0:3)

Toshkent. 300 tomoshabin. 

Bosh hakam: Dilshod Karimov - 7,6.

Gollar: Aleksandr Mochinov, 8 – 0:1. Vladimir Gavrilov, 24 – 0:2. Alisher Bozorov, 33 – 0:3. Dmitriy Kraev, 80 – 0:4.


2010 YIL

11-tur. 16 may

LOKOMOTIV-BFK - OQ-TEPA - 2:1


2013 YIL

“LOKOMOTIV-BFK” – “OQ-TEPA” – 3:2 (0:1)

“Oq-tepa”: Valeriy Karpenko, Vadim Nichunaev, Doniyor Usmonov, Andrey SHashkov, Aleksey Loktionov (Alisher Alimov, 80), Vadim Lyubinskiy, Maruf Ahmadjonov, Azamat Mamajonov, Xushnud Mamatov (Nikita Pavlenko, 78), Zokir Mirzaahmedov (Xislat Usmonov, 70), Ildar Magdeev (Berumiy Abdunabiev, 55). 

Gollar: Zokir Mirzaahmedov, 10 – 0:1. Azamat Komiljonov, 57 – 1:1. Xurshid Najimov, 69 – 2:1. Berumiy Abdunabiev, 74 – 2:2. Botir Latipov, 80 – 3:2.


2014 YIL

“LOKOMOTIV-BFK” – “OQ-TEPA” - -:+


2015 YIL

LOKOMOTIV-BFK – OQ-TEPA

9 sentyabr. Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni. 16:30

Bosh hakam: Akmal Rahimov (Andijon). 

Qanot hakamlari: Husniddin O'rolov (Toshkent viloyati), Sultonmurod Ulfatov (Toshkent viloyati).

Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent).


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика