So’nggi yangiliklar

00:00Испания Суперкубоги. "Барселона" ва "Реал" бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  53 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  28 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  3 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  13 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1

O'yin hisobga mos bo'lmadi. SHomurodovga raqobat qiladigan hujumchi? Yo'q, deb o'tirgan bilan ish bitmaydi - AQSH - O'zbekiston uchrashuvi mutaxassis nigohida Yangiliklar

O'yin hisobga mos bo'lmadi. SHomurodovga raqobat qiladigan hujumchi? Yo'q, deb o'tirgan bilan ish bitmaydi - AQSH - O'zbekiston uchrashuvi mutaxassis nigohida

Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi kecha tunda okean orti mamlakati bo'lmish AQSHda mamlakat terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Garchi mazkur bahs rasmiy maqomda bo'lmasada, muxlislar, mutaxassislarda turlicha fikrlarni uyg'otdi. Bu borada O'zbekiston chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purarlaridan biri Anvar Berdievning mulohazalarini tingladik. Ayni paytda «SHo'rtan» bosh murabbiyi hisoblangan sobiq to'p tepar dastlab o'yinning umumiy kartinasiga to'xtalib o'tdi. Keyin esa qolgan detallar haqida fikrlarini bildirdi. 

USA

Timothy Weah - 4', Ricardo Pepi - 90', Christian Pulisic - 90'

Friendlies . 1-tur

10/09/2023, 03:35

0
:
3
Tugadi

Uzbekistan

45'
90'
4'  Timothy Weah
35'  Luca de la Torre (Tanner Tessmann)
46'  Folarin Balogun (Ricardo Pepi)
64'  Timothy Weah (Brenden Aaronson)
64'  Chris Richards (Mark McKenzie)
80'  Antonee Robinson (Kristoffer Lund Hansen)
81'  Weston McKennie (Malik Tillman)
90'  Ricardo Pepi
90'  Christian Pulisic
68'  Oston Urunov (Sherzod Nasrulloev)
68'  Rustamjon Ashurmatov (Azizjon Ganiev)
68'  Farrukh Sayfiev (Azizbek Turgunbaev)
82'  Eldor Shomurodov (Bobur Abdikhalikov)
82'  Otabek Shukurov (Jamshid Iskanderov)
86'  Jaloliddin Masharipov (Abrorbek Ismoilov)

- O'zbekiston terma jamoasining AQSHga qarshi uchrashuvini oynai jahon orqali tomosha qildik. Ikkilanmasdan shuni aytish mumkinki, o'yin hisobga mos bo'lmadi. Futbolchilarimiz AQSH bilan tengma-teng o'yin ko'rsatdi. Ijobiy tomoni, terma jamoada Srechko Katanecning imzosi ko'rinyapti. O'yinda bu narsa yaqqol sezildi. Vakillarimiz munosib qarshilik ko'rsatishdi. Agarda o'zimizning imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi. Salbiy tomoni shuki, futbolchilarimiz so'nggi daqiqalarda o'yin tugadi, deb bo'shashishdi. SHuning hisobiga yana 2ta gol o'tkazib yuborishdi. Fikrimcha, bu qo'rqinchili emas. Futbolchilar ham xatolarini tushunib etishdi, deb o'ylayman. To'g'risi Katanec kelganidan keyin o'yinimizda o'zgarish sezildi. Futbolchilar maydond nima qilishini, vazifasini bilyapti. Katanec 2 yil davomida ancha o'zgartira oldi. 

- Eldor SHomurodov haqida fikrim juda iliq. O'zbekistonning birinchi raqamli hujumchisi hisoblanadi. AQSH bilan va terma jamoamizning avvalgi uchrashuvlarida ko'rdikki, SHomurodov o'ziga o'zi vaziyat yarata olyapti. Sof hujumchi kabi vaziyatlarni kutayotgani yo'q. Kerak pallada ortga qaytib o'zi vaziyat hosil qilishga harakat qilmoqda. Raqobatga kelsak, boshqa hujumchilarimiz xafa bo'lishmasin, lekin SHomurodovga raqobat qiladigan hujumchilarimiz yo'q. Eldorga keyingi o'yinlarda omad tilaymiz. 

- Ichki chempiontimizda hujumchilarimiz o'zlarini ko'rsata olmayapti. Bu vaqtinchalik, deb o'ylayman. SHohruz Norxonov va Temurxo'ja Abduxoliqov kabi forvardlarimiz bor. Ammo boshqalar o'zlarini ko'rsata olayotgani yo'q. To'purarlar ro'yxatiga qarab o'zim ham achinib ketdim. Bironta o'zbekistonlik hujumchi yo'qligi achinarli. Yo'q deyavergan bilan ish bitmaydi. Mana jamoalarda darvozabonlar bilan ishlaydigan murabbiylar bor. Hujumchilar bilan ham alohida ishlaydigan murabbiy kerak. O'zbekistonda istedodlar ko'p. Faqat to'g'ri ishlansa, kelajakda hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Xojiakbar Alijonovni Superligadagi o'z poziciyasining eng yaxshisi, deb bilaman. Kechagi o'yinda iliq taassurot qoldirdi. «Paxtakor»da ham ajoyib o'yin ko'rsatayotganini takidlash joiz. Muhimi to'xtab qolmasin. Kuchli chempionatlarda to'p tepsin. Bu terma jamoamizga ham katta foyda. 

- AQSH bilan o'yin tarixda qoldi. Meksika bilan terma jamoamiz boshqacha o'yin ko'rsatadi. CHunki avvalgi raqib bilan farqi bor. Futbolida, uslubida, o'yinni qurishida tafovutlar etarlicha. Terma jamoamizga bu uchrashuvda omad tilayman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика