Ouen faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy va futbolchini aytdi
		
		24 okt 2022 10:00
        Yangiliklar	
	
				
				Ouen faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy va futbolchini aytdi
Angliya TJ sobiq hujumchisi Maykl Ouen futbolchilik davridagi eng yaxshi murabbiy hamda o'yinchi kimligini aytdi.
			“Bir qator buyuk murabbiylar qo'l ostida o'ynaganman - Glenn Xoddl, Jerar Ule. Ammo barcha davrlarning eng yaxshi mutaxassislaridan biri bu Aleks Fergyusondir. 26 yil davomida murabbiylik qilishda va yuqorida turish – davrlar o'zgarayotganini hisobga olganda qoyilmaqom natija. O'ylashimcha, Aleks Fergyuson faoliyatimdagi eng zo'r murabbiy edi.
Men bilan birga o'ynagan futbolchilar ichida eng yaxshisi? Bu savolga doimo Zinedin Zidan, deb javob beraman”, deydi Ouen.
Eslatib o'tamiz, Maykl Ouen Fergyuson qo'l ostida “Manchester Yunayted”da harakat qilgan va 52 bahsda qatnashib, 17 ta to'p kiritgan. SHuningdek, u “qizil iblislar” bilan APL chempioni bo'lgan. “Real”da esa Zidan bilan 2004/05 yilgi mavsum birga o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar