Otabek Umarov va Ravshan Ermatov Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi
15 jan 2025 17:16
Yangiliklar
Otabek Umarov va Ravshan Ermatov Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi
Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati ushbu jarayon bilan yaqindan tanishdi.
O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov loyiha haqida batafsil malumot berar ekan markaz hududida 280 kishiga mo'ljallangan zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, milliy terma jamoalar bazasi, Respublika futbol akademiyasi, sport tibbiyoti va reabilitaciya markazi faoliyat olib borishi haqida takidladi. SHuningdek, qurilish jarayonida sifatli materiallardan foydalanishga ahamiyat qaratilayotganini qo'shimcha qildi.
O'z navbatida Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov mazkur loyiha kelgusida o'zbek futbolining yuqori darajaga ko'tarilishida muhim platforma vazifasini bajarishi haqida to'xtalib, unda xorij tajribasidan keng foydalanish borasida takliflarini ilgari surdi. Mutasaddilar o'rganish ishlari davomida obektni batafsil ko'zdan kechirib, ish samaradorligini oshirish bo'yicha fikr almashishdi.






O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar