So’nggi yangiliklar

08:03Ўзбекистон Хорвария баҳсининг бошланиш вақти маълум  4 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  22 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  56 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1

"Osiyo o'yinlarida yoshi katta futbolchilarga extiyoj yo'q" - Timur Kapadze Yangiliklar

"Osiyo o'yinlarida yoshi katta futbolchilarga extiyoj yo'q" - Timur Kapadze

O'zbekiston olimpiya termasi ustozi Timur Kapadze Hanchjou-2022 Osiyo o'yinlari uchun tashlangan qura haqida fikrlarini bildirdi.

- Qura va taqvimga munosabatingiz...

- Qura jarayonini kuzatib bordik. Osiyo o'yinlarida bizga Osiyo Kubogi saralashidagi raqiblar to'qnash keladigan bo'ldi, faqat Eron o'rniga Suriya tushdi. Osiyo o'yinlariga qaysi yosh toifasidagi tarkib borishini vaqt ko'rsatadi. Osiyo Kubogi saralash bosqichida ularni ko'zdan kechiramiz. Osiyo o'yinlaridan avval Osiyo Kubogi saralashiga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz.

- Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik rejasi tasdiqlandimi?

- Birinchi navbatda, uyimizda o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga hozirlik ko'rishni reja qilganmiz. Bu musobaqa Osiyo o'yinlari uchun tayyorlarlik vazifasini o'taydi.

- OCHLdagi klublarimiz o'z futbolchilarini qo'yib yubormasliklari mumkin. Bu borada qiyinchilikka duch kelmaysizmi?

- Ha, FIFA kunlariga to'g'ri kelmayapti. Buni klublar bilan maslahatlashgan holda, birgalikda hal etamiz. Klublarga kim kerak, bizga kim kerak, qarab chiqamiz. Muammo bo'lmasa kerak. Jamoalar bilan ushbu masalaga echim topamiz.

- Osiyo o'yinlariga 3 nafar yoshi katta futbolchini qo'shishingiz mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanasizmi?

- Yoshi kattalarni qo'shmaymiz. Oldindan keyngaytirilgan tarkibni berganmiz. Bu kabi musobaqalarga 4-5 oy oldin ro'yxat so'rashadi. Unda yoshi kattalar yo'q, faqat olimpiyachilar bor. Katta futbolchilarga ehtiyojimiz yo'q. 

Avvalroq O'zbekiston termasining Hanchjou-2022 Osiyo o'yinlaridagi raqiblari malum bo'lgan edi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика