So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Osiyo o'yinlari-2018. O'zbekiston musobaqani yirik g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Osiyo o'yinlari-2018. O'zbekiston musobaqani yirik g'alaba bilan boshladi

Osiyo o'yinlari-2018da futbol bellashuvlariga start berildi.

"B" guruhi doirasida O'zbekiston terma jamoasi Bangladesh bilan bellashdi. Uchrashuvdagi vaziyatlardan shu sahifada xabardor bo'lib bordingiz.

Uchrashuvda Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz 3:0 hisobida g'alaba qozondi.


Osiyo o'yinlari-2018
O'zbekiston U23 - Bangladesh U23 3:0
Bosh hakam:
Ali SHaban
Qanot hakamlari: Haydar Ali Ubaydi, Abbos G'ulom
Gollar: Z.O'rinboev 23, D.Hamdamov 57, I.Aliboev 66

O'zbekiston U23: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Jaloliddin Masharipov, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabixillo O'rinboev (11.Bobir Abdixoliqov, 70), 10.Javohir Sidiqov (18.Xurshid G'iyosov, 79), 14.Ikrom Aliboev, 17.Dostonbek Hamdamov (15.Azizbek Turg'unboev, 65), 20.Dostonbek Tursunov.
Zaxira: 3.Xojiakbar Alijonov, 8.Jasurbek Yaxshiboev, 12.Rahimjon Davronov, 13.Islomjon Qobilov, 16.Doniyorjon Narzullaev, 19.Andrey Sidorov.

Bangladesh U23: 1.Rana Ashraful Islam, 3.Mia Rahmat, 4.Buyan Jamal, 5.Badsha Tutul Hussayn, 6.Barman Topu, 7.Rahman Mahbubur (11.Iqbal Jafar, 74), 8.Fahad Muhammat Atikur Rahman, 9.Uddin Saad, 10.Zoni Masum Mia, 12.Gxosh Bishvanat, 15.Biplo Biplo Ahmed.
Zaxira: 2.Tripura Sushanto, 13.Rahman Anisur, 14.Abdullah, 16.Mia Matin, 17.Hasan Muhammad Rabiul, 18.Rahman Monjurur, 19.Rabbi Fazali, 23.Pritom Mahfuz Hasan.

Ogohlantirish: B.B.Ahmed 59


YANGILASH

MATNLI TRANSLYACIYA



90+3 - Bangladeshlik futbolchi o'yinchilarimizdan qochib ketib birga-bir chiqib ketayotganda Odil Hamrobekov unga etib oldi.

86 - Bobir Abdixoliqovning chap oyoqda bergan zarbasi noaniq ketdi.

79 - Javohir Sidiqov o'rniga Xurshid G'iyosov tushirildi.



72 - Akrom Komilovning zarbasi noaniq ketdi.

7- Birinchi gol muallifi Zabihillo O'rinboev o'rniga maydonga Bobir Abdixoliqov tushirildi.

66 - Goooooollllll, Ikrom Aliboevvvvv. Jaloliddin Masharipov qanotda himoyachini chalg'itib to'pni ko'tardi, darvozabon to'pni qaytardi, qaytgan to'pni esa Ikrom Aliboev darvozaga kiritdi.

65 - Jamoamizning ikkinchi goli muallifi Doston Hamdamov o'rniga Aziz Turg'unboev maydonga tushirildi.

61 - Abbos Otaxonovning o'ng tomondan bergan zarbasi ancha noaniq ketdi.


57 - Goooollllll, Hamdamovvvv. Javohir Sidiqov chap qanotda raqibni uyoqdan buyoqqa chayqab gangitgan holda narigi qanotdan kirib kelgan Dostonni qidirib topdi. Hamdamov esa o'zi uchun noqulay o'ng oyog'ida gol urdi. Barakalla Javohir, yashavor Doston.

50 - Javohir Sidiqov Uddin Saadni chiroyli tarzda aldab o'tgan edi, Saad esa Javohirni turtib yubordi. Maydonda kichik kelishmovchilik.

Ikkinchi bo'limga start berildi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

40 - Xavfli vaziyat! Bangladesh pozicion hujum uyushtirdi, yaxshi hamki raqiblarning so'nggi pasini Odil Hamrobekov bartaraf etdi.

37 - Bangladesh o'yinchilari biroz keskinroq o'ynashmoqda.

28 - Uzoq masofadan berilgan kuchli va aniq zarbani Botirali Ergashev ushlab oldi.


Gol kiritilgan vaziyat.


23 - Goooolllll, Ikrom Aliboevdan kichik va chiroyli yurish, Zabihillo O'rinboevdan esa bosh bilan gol.

17 - Zarbaaa, Hamdamovning pasidan so'ng Zabihillo tepgan to'pni bu safar ham raqiblar kiperi qaytardi.

15 - Uchrashuvda yigitlarimiz to'liq ustunlik qilishmoqda.

13 - Rustam Ashurmatovning uzoq masofadan bergan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

8 - Jaloliddin Masharipovning zarbasini ham darvozabon qaytardi.

2 - Zabihillo O'rinboevning zarbasini darvozabon Rana Ashraful qaytarib qoldi.


Uchrashuvga start berildi.

Reyting: +317   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика