So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  1 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Osiyo mamlakatlari chempionati: Bahrayn Yangiliklar

Osiyo mamlakatlari chempionati: Bahrayn

Teglar :  BahraynOsiyo
Bahrayn qitamizda birinchilardan bo'lib milliy chempionatini yo'lga qo'ygan mamlakatlardan hisoblanadi.

Bahrayn chempionati ilk bor 1956 yil o'tkazilgan. Hozirgacha "Muharraq" 33, "Riffa" 11, "Bahrayn" va "Al Ahli" klublari 5 martadan chempionlikni qo'lga kiritishgan. Ayni paytda ligada 10 jamoa oltin medallar uchun kurash olib boradi. Bahslar ikki davrali tizimda o'tkaziladi. So'nggi pog'onani egallagan klub birinchi liga g'olibi bilan o'tish bahsida ishtirok etadi. Birinchi ligada esa 9 klub ishtirok etadi. Mavsum kuz - bahor tizimida tashkil etilgan.

CHempionat uchrashuvlari kamligi sababi Bahraynda ikkita kubok musobaqasi borligi bilan bog'liq. Bahrayn FA Kubogida 17-18 klub ikki guruhga bo'lingan holda qatnashadi. Tomonlar bir martadan to'qnash keladi. Guruhlarda yuqori ikki pog'onani band etgan jamoalar yarim finalga yo'l olishadi.


Qirol Kubogi esa pley-off bosqichidan iborat turnir hisoblanib, unda Premer va birinchi liga klublari quraga ko'ra kurash olib borishadi. SHu tariqa har ikki kubok musobaqasida jamoalar kamida 10tadan uchrashuvda maydonga tushadilar.

O'tgan mavsumda "Muharraq" klubi safida hamyurtimiz SHohrux Gadoev maydonga tushib, bu mamlakatda to'p tepgan birinchi o'zbek futbolchisiga aylangandi.

Bahrayn chempionati. Musobaqa jadvali

Bahraynning barcha chempionlari:
 
"Al Muharraq" - 33 marta
"Al Riffa" - 11
"Bahrayn", "Al Ahli" - 5
"Arabi", "Al Xala", "Al Nasr", "Ist Riffa", "Busaytin", "Al Xidd" - 1



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика