So’nggi yangiliklar

19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  6 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0

Osiyo mamlakatlari chempionati: Avstraliya Yangiliklar

Osiyo mamlakatlari chempionati: Avstraliya

Teglar :  AvstraliyaA Liga
Avstraliyada yaqindagina yuqori liganing 40-mavsumi start oldi.

2005/06 yilgi mavsumdan Avstraliyada "A" liga tashkil qilingan. Ayni paytda "A" liga shunday ko'rinishda o'tkaziladi:

10 jamoa 3 davradan iborat odatiy mavsumda 27tadan uchrashuvda maydonga tushadi. Mavsum g'olibi odatiy liga chempioni sifatida tan olinadi. Keyin esa yuqori 6 pog'onani egallagan jamoalar o'rtasida final seriyalari boshlanib, oxiri Grand final bo'lib o'tadi. Yakunda g'olibga aylangan jamoa chempion deb etirof etiladi. So'nggi mavsumda har ikki unvon "Adelaida Yunayted"ga nasib qildi. Bahslar oktyabr oyida start oladi va may oyida yakunlanadi.

Avstraliya chempionatida AQSH basketbol ligasi kabi o'ziga xos qoidalar mavjud. Klublarga mashhur va yaxshi saviyadagi futbolchilarni jalb qilish uchun 2 million 600 ming dollardan pul ajratiladi. Klublar esa o'zlari o'yinchilar bilan muzokaralar olib borishadi. "A" liga yopiq sanaladi. Undan hech bir klub tushib ketmaydi va biror jamoa quyi ligadan chiqmaydi.


Ortda qolgan 3 tur o'yinlarida stadionlarga o'rtacha tashrif 16442 nafarni tashkil qilgan. "A" liga rasmiy sayti mavjud: a-league.com.au

Mamlakatda yana yoshlar va hududlar ligasilari bor. Mahalliy ligalarda 90 jamoa 8 hududda kurash olib boradi. Kubok musobaqasi esa AFF Kubogi deb nomlanadi. Unda havaskor klublar ham ishtirok etishlari mumkin. 2016 yilgi mavsumda jami 704 klub qatnashdi. Finalda "Melburn Siti" va "Sidney" to'qnash keladi. G'olibga 131 ming dollar mukofot puli topshiriladi.

Avstraliya A ligasi. Musobaqa jadvali


Klublar:
"Adelaida Yunayted"
Tashkil topgan
: 2003 yil
Stadioni: "Kupers" (16500 tomoshabin).
Bosh murabbiy: Gilermo Amor (Ispaniya)
Mashhur futbolchilari: Evgen Galekovich, Marselo Karruska.

"Brisben Roar"
Tashkil topgan:
1957 yil
Stadioni "Sankorp" (52500 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Jon Aloizi (Avstraliya)
Mashhur futbolchilari: Brett Xolman, Tommi Oar, Met Makkey, Tomas Kristensen

"Central Kost Mariners"
Tashkil topgan
: 2004 yil
Stadioni "Central Kost" (20059 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Pol Okon (Avstraliya)
Mashhur futbolchilari: Fabio Ferreyra, Liam Rouz



"Melburn Siti"
Tashkil topgan
: 2008 yil
Stadioni "AAMI Park" (30050 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Jon van SHip (Gollandiya)
Mashhur futbolchilari: Tomas Sorensen, Tim Keyxill, Maykl Yakobsen, Nil Kilkenni, Nikolas Kolazo.

"Melburn Viktori"
Tashkil topgan:
2004 yil
Stadioni "Ittihod" (56347 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Kevin Muskat (Avstraliya)
Mashhur futbolchilari: Besart Berisha, Jeyms Troici, Karl Valeri, Fahid ben Xalfallah.



"Nyukasl Jets"
Tashkil topgan
: 2000 yil
Stadioni "Makdonald Jons" (33000 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Mark Jons (Avstraliya)
Mashhur futbolchilari: Nayjel Bugard, Ben Kantarovski, Mateo Polyak.

"Pert Glori"
Tashkil topgan:
1995 yil
Stadioni "Nib" (20500 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Kenni Lav (Avstraliya)
Mashhur futbolchilari: Jozef Mills, Endi Keogx, Neboysya Marinkovich, Adam Taggart, Milan Smilyanich, Diego Kastro.

"Sidney"
Tashkil topgan:
1995 yil
Stadioni "Alyanc" (45500 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Grem Arnold (Avstraliya)
Mashhur futbolchilari: Aleks Broske, Bobo, Milosh Dimitriyevich, Joshua Brillante, Denni Vukovich, Devid Karni.



"Vellington Feniks" (Yangi Zelandiya)
Tashkil topgan:
2007 yil
Stadioni "Vestpak" (34500 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Ernie Merrik (SHotlandiya)
Mashhur futbolchilari: Aleks Rodriges, Marko Rossi, Roy Krishna, Gui Finkler, Aleks Rodriges.

"Vestern Sidney Uonderers"
Tashkil topgan:
2012 yil
Stadioni "Spotless" (24000 tomoshabin)
Bosh murabbiy: Toni Popovich (Avstraliya)
Mashhur futbolchilari: Dimas, Kerem Bulut, Aric Borda, Nikolas martinez, Jumpei Kusukami.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика