So’nggi yangiliklar

14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  10 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15

Ravshan Ermatov: "Osiyo kubogining eng muhim o'yinlarini qabul qilish uchun 40-50 ming kishilik stadionlar talab etiladi. Biz bu masalada bir qancha loyihalarni ko'rib chiqyapmiz" Yangiliklar

Ravshan Ermatov: "Osiyo kubogining eng muhim o'yinlarini qabul qilish uchun 40-50 ming kishilik stadionlar talab etiladi. Biz bu masalada bir qancha loyihalarni ko'rib chiqyapmiz"

O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasi 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda o'tkazish bo'yicha ariza yuborgan edi.

Bu borada futbol ommasidan kelib tushgan savollarga O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov javob berib o'tdi.


— Osiyo kubogi mezbonligini qabul qilish imkoniyatlari haqida:

— Osiyo kubogi qitamizning eng nufuzli futbol turniri hisoblanadi. Shu sababli mezbonlikka davogar mamlakatlar ko'pchilikni tashkil etadi. Hozirda OFK arizalarni qabul qilmoqda. Keyingi bosqichda ularni tasdiqlaydi va rasman elon qiladi. Imkoniyatlarni o'rganib chiqish jarayoni shundan so'ng boshlanadi. OFK maxsus inspekciyasi davogar mamlakatlar talablarga qanchalik mosligini aniqlaydi. Osiyo futbol konfederaciyasi qitamizning barcha hududlarida futbol yanada rivojlanishi tarafdori. Ayni paytgacha milliy jamoalar o'rtasidagi Osiyo kubogi aksariyat mintaqalarda bo'lib o'tgan. Markaziy Osiyo ushbu turnirga hozircha mezbonlik qilmagan. OFK bizning mintaqaga ham o'zining eng katta musobaqasi mezbonligini taqdim etishiga umid bildiramiz.

— Osiyo kubogi mezbonlariga qanday talablar qo'yiladi va ushbu mamlakatlar bunga tayyormi?

— Agar oxirgi yillarni oladigan bo'lsak, O'zbekiston uchta yirik musobaqaga mezbonlik qildi. U-20 va U-23 Osiyo chempionatlari mezbonligiga nomzodimizni yuborganimizda dastlab OFK bizning qanchalik tayyor ekanligimiz borasida o'ylandi. Keyinchalik barcha talablarni o'z vaqtida va sifatli bajarganimizdan so'ng hech qanday shubhaga o'rin qolmadi. Mehmonxonalar, logistika, transport va boshqa yo'nalishlar xalqaro standartlarga moslashtirildi. Hozir tashkiliy jihatdan OFK ishonchini qozonganmiz, deb o'ylayman. Xalqaro maqomdagi stadionlarimiz ham bor. Lekin bizga sig'imi kattaroq stadionlar kerak. Osiyo kubogining eng muhim o'yinlarini qabul qilish uchun 40-50 ming kishilik stadionlar talab etiladi. Biz bu masalada bir qancha loyihalarni ko'rib chiqyapmiz. Qo'shnilarimiz ham barcha sharoitlarni taqdim etishga tayyor. Masalan, Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda 51 ming muxlisga mo'ljallangan stadion qurilishi boshlab yuborilgan. Ishonchim komil, agar turnir bizga topshirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini o'tkaza oladi.

— Osiyo kubogi mezbonligining biz uchun qanday ijobiy tomonlari bor?

— Birinchi navbatda bu futbol muxlislari uchun katta bayram. Bugun Osiyo futboli rivojlanib boryapti. Eng yaxshi yulduz futbolchilar qitamizga kelib o'ynashyapti va osiyoliklar Evropaning eng yirik klublariga yo'l olishyapti. Ularning hammasi Osiyo kubogida ishtirok etadi va yurtimiz maydonlarida unutilmas uchrashuvlar o'tkazishadi. Qolaversa, milliy jamoamiz ham o'z hududida yanada yaxshiroq ishtirok etishga harakat qiladi. Qo'shni qardosh mamlakatlar bilan munosabatlarimiz yanada mustahkamlanadi. Zamonaviy futbol infratuzilmasi rivojlanadi va mutaxassislarimiz xalqaro tajribaga ega bo'ladi. Butun dunyo futbol jamoatchiligi etibori nafaqat futbolimizga, balki mamlakatlarimiz turizm salohiyati, madaniyati va tarixiga qaratiladi. O'z navbatida futbol orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shish imkoniyati paydo bo'ladi. Barcha sohalar singari futbol ham kompleks va keng qamrovli harakatlar bilangina rivojlanib boradi. Katta loyihalar tasiri eng kichik futbol maktablarigacha kirib boradi. Shu sababli, biz Osiyo kubogi kabi turnirni yurtimizga olib kelish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика