So’nggi yangiliklar

17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2

Osiyo Kubogiga yana 29 kun! Kim qachon Avstraliyaga tashrif buyuradi? Yangiliklar

Osiyo Kubogiga yana 29 kun! Kim qachon Avstraliyaga tashrif buyuradi?

Yanvar oyi Avstraliyada ayni futbol o'ynaydigan payt bo'ladi. Havo harorati o'rtacha 24-28 gradus issiqni tashkil etadi.

Ayni paytga kelib, mezbon Avstraliyadan tashqari qolgan 15ta terma jamoani qaysi kunlari bu qitaga tashrif buyurishi malum bo'lib ulgurdi.

Hammadan erta SHimoliy Koreya terma jamoasi "Yashil qita"ga uchadi. Koreyslar rejaga ko'ra, 15 dekabrdan Avstraliyadagi mashg'ulotlarni boshlashadi. Ulardan keyin Quvayt (18 dekabr) va Bahrayn (22 dekabr) terma jamoalari "kengurular" yurtiga etib boradilar. O'zbekiston va Yaponiya terma jamoalari esa eng kech, yani 2015 yilning 3 yanvar kuni manzilga etib boradi.

Yangi yilga qadar, Xitoy, Eron, Iordaniya, Bahrayn, Quvayt, KXDR, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, va BAA terma jamoalari Avstraliyaga etib boradilar. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi BAAda 17-29 dekabr kunlari musobaqa oldidan so'nggi yig'inini o'tkazib, Toshkentga qaytadilar. 1 yanvardan terma jamoamiz Toshkentda yig'iladi va ertasiga Avstraliyaga uchib ketadi.

BAAdagi ikkinchi yig'inga, deyarli optimal tarkib yo'l oladi. Zaxira uchun 2-3 nafar futbolchilar ham bo'ladi. Ikkinchi yig'inda uchta o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi haqida rasmiy xabarlar mavjud. Buni FIFA sayti ham tasdiqlagan.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Avstraliyadagi bazasi Melbrunda joylashgan. Mirjalol Qosimov va uning jamoasi u erda 8 yanvarga qadar bo'ladilar, shundan keyin Sidneyga uchadilar.

Bu safargi Osiyo Kubogi yangi tizimda o'tadi. Yani, har bir o'yin har xil shaharlarda bo'ladi. So'nggi JCHda sinab ko'rilgan bu tizim, garchand jamoalar uchun qiyinchilik tug'dirsa-da, marketing jihatdan tashkilotlarga yaxshi pul olib keladi.

Nodirxo'ja Yuldashev.



 

MTJ Etib borish sanasi MTJ Bazasi
Avstraliya 27 dekabr Sidney
Bahrayn 22 dekabr Sidney
Xitoy 29 dekabr Adelaida
Eron 31 dekabr Melbrun
Iroq 1 yanvar Kanberra
Yaponiya 3 yanvar Kessnok
Iordaniya 23 dekabr Nyukasl
Quvayt 18 dekabr Kyunbeyan
KXDR 15 dekabr Kanberra
Ummon 28 dekabr Sidney
Falastin 2 yanvar Brisban
Qatar 28 dekabr Kanberra
Saudiya Arabistoni 26 dekabr Brisban
Janubiy Koreya 27 dekabr Brisban
BAA 26 dekabr Gold Koast
O'ZBEKISTON 3 yanvar Melbrun

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика