So’nggi yangiliklar

16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  0 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  1 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  7 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0

Osiyo Kubogiga hakamlar qanday tanlab olingan va ular o'yinlarga qanday tayyorlanishadi? Yangiliklar

Osiyo Kubogiga hakamlar qanday tanlab olingan va ular o'yinlarga qanday tayyorlanishadi?

Osiyo Kubogida bizning milliy terma jamoadan tashqari hakamlarimiz ham faoliyat olib borishmoqda.

SHu kunga qadar bir qator masuliyatli uchrashuvlarni boshqarishga muvaffaq bo'lishdi. Jumladan, bugun bo'lib o'tadigan nihoyatda muhim o'yinlardan biri Eron va Iroq terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi.


Xo'sh, Osiyo Kubogi o'yinlariga hakamlarni qanday tanlab olishgan? Quyida shu haqida malumot berib o'tishga harakat qilamiz.

Avvalo, Osiyo Kubogi o'yinlarini boshqarishga nomzod hakamlar nazariy imtihonlardan o'tkazildi. Keyin esa ular yuqori malakali mutaxassislar nazoratida jismoniy sinovlar topshirishdi. SHundan so'ng maydonda futbolchilar ishtirokida o'yinda ro'y beradigan turli vaziyatlar (jarima maydonchasi ichidaga qoida buzilishlari, taktik follar, o'yindan tashqari holat va hokazo ) sodir etildi, hakamlar esa bu vaziyatlarda tezkor qaror chiqarishlari talab etildi. Bu jarayon videoga olinib, mashg'ulotdan keyin hakamlar namoyish etildi va xato-kamchiliklari tahlil qilindi. Bu jarayonlar davomida muntazam ravishda hakamlarning sog'lig'i nazorat qilib turildi. Ular maxsus vitaminlar qabul qilib borishdi. SHuningdek, Osiyo Kubogida qatnashadigan har bir jamoaning o'yin taktikasi, o'ziga xos fel-atvorga ega futbolchi va murabbiylari o'rganib chiqilib, ular haqida batafsil malumot taqdim etildi. 

 

Endi esa hakamlarning uchrashuvlarga tayyorgarlik sxemasini etiboringizga havola qilamiz

 

* O'yinga 4 kun qolganda: Yuqori intensiv jismoniy mashg'ulot.

* O'yinga 3 kun qolganda: Futbolchilar ishtirokida maydonda ro'y beradigan bahsli vaziyatlar bo'yicha texnik mashg'ulot+o'rtacha intensiv jismoniy mashqlar. Ushbu mashq paytida jarima maydonchasi ichida ro'y beradigan epizodlar va o'yindan tashqari holatlar 4ta videokamera yordamida yozib olinib, keyin hakamning harakatlari tahlil qilinadi.

* O'yinga 2 kun qolganda: 15 daqiqalik 2ta taymdan iborat futbol uchrashuvi tashkil qilinib, hakamlar guruhi ushbu o'yinni boshqaradi + o'rtacha intensiv jismoniy mashqlar.

* O'yinga 1 kun qolganda. Uchrashuv bo'ladigan shaharga yo'l olish (Agar o'yin boshqa shaharda o'tkazilayotgan bo'lsa). O'yin bo'lib o'tadigan maydonda engil mashg'ulotlar.

 

 

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida O'zbekiston nomidan quyidagi hakam va instruktorlar ish olib borishyapti: 

Ravshan Ermatov (Referi)

Valentin Kovalenko (Referi)

Ilgiz Tantashev (Referi)

Jahongir Saidov (Referi assistenti)

Abduhamidullo Rasulov (Referi assistenti)

Farhod Abdullaev (Instruktor)

 

SHuningdek, Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida maxsus mehmonlar ham faoliyat yuritishyapti:

 Perluijdi Kollina (FIFAning Hakamlar qo'mitasi raisi)

Massimo Buzakka (FIFA Hakamlari direktori)

Devid Ellerey (IFAB Texnik direktori)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика