Osiyo kubogi. U-20 terma jamoamiz ertaga o'z yurishini boshlaydi. Yamanga qarshi qanday libosda o'ynashimiz malum
12 fev 10:00
Yangiliklar
Osiyo kubogi. U-20 terma jamoamiz ertaga o'z yurishini boshlaydi. Yamanga qarshi qanday libosda o'ynashimiz malum
Ertaga O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Yamanga qarshi maydonga tushadi.
Bugun musobaqa oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Unda OFK tomonidan ishtirokchilarga musobaqaga doir bir qator yo'nalishlarda, xususan, reglament, hakamlik, tibbiyot, media va marketing bo'yicha tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
O'zbekiston U-20 terma jamoasi ertangi bahsda to'liq ko'k libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 13 fevral Toshkent vaqti bilan soat 14:15da Shenchjendagi «Yoshlar futbol bazasi» 1 maydonida start oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar