So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  1 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  21 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  1 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

Osiyo Kubogi. Pol Osmond: "Ikki yil oldin shu stadionni suv bosgandi" Yangiliklar

Osiyo Kubogi. Pol Osmond: "Ikki yil oldin shu stadionni suv bosgandi"

Osiyo Kubogining guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Xitoy bahsi boshlanishiga borgan sari kam vaqt qolmoqda.
Brisben shahridagi "Brisben Staduim"da volontyor (ko'ngilli xizmatchi) bo'lib ishlayotgan Pol Osmondning aytishicha, ikki yil oldin o'yin bo'lib o'tadigan mana shu stadionni suv bosgan ekan.

"O'zim ingliz millatiga mansubman, turmush o'rtog'im esa irlandiyalik, - deydi Pol Osmond. - Lekin anchadan beri Avstraliyada istiqomat qilyapmiz. Ko'p yillar davomida maktabda boshlang'ich sinflarga dars berganman. Hozir esa nafaqadaman. Uyda bekor o'tirmaslik uchun o'z xohishim bilan Osiyo Kubogiga ko'ngilli xizmatchi bo'ldim. Bitta o'g'lim bor, yaqinda 30 yoshga to'ladi".



"O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi uchrashuv bo'ladigan stadion men uchun juda qadrdon hisoblanadi. Sizga aytsam, bu o'yingohni ikki yil oldin kuchli jala va daryo toshqini tufayli suv bosgandi. Suv to'rtinchi qatordagi o'rindiqlargacha chiqqandi. Bu stadionda ham futbol, ham regbi o'ynaladi. Regbi o'ynaydigan jamoamizning oti "Brisbane Broncos", futbol o'ynaydigan jamoaning nomi esa "Brisbane Roar". O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra shahrimiz futbol klubi chempionlikni qo'lga kiritdi va kelasi yil Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadi".



"Men futbolni judayam yaxshi ko'raman. 2012 yil London Olimpiadasiga borganman, shuningdek bu yil Braziliyada o'tkazilgan jahon chempionatiga ham bordim va u erda beshta o'yinni ko'rib qaytdim. "Brisbane Roar" men uchun juda qadrli klub, Avstraliyada faqat shu jamoaga muxlislik qilaman".

X.Xoliqov
Brisben, Avstraliya.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика