So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  1 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  116 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

Osiyo Kubogi oldidan. Akmal Xolmatov: "Kerak bo'lsa, Avstraliya va Yaponiya bizdan qo'rqishi kerak”   Yangiliklar

Osiyo Kubogi oldidan. Akmal Xolmatov: "Kerak bo'lsa, Avstraliya va Yaponiya bizdan qo'rqishi kerak”  

1990 yillarning oxirlarida o'zbek futboliga Akmal Xolmatov nomi kirib keldi.

"Neftchi"da katta sahnaga kirib kelgan futbolchi jarima zarbalaridan "pushka" gollari, nostandart qarorlari bilan muxlislar qalbidan tez orada joy egalladi. 40 yoshda ham yashil maydonda javlon urgan Akmal Xolmatov endilikda murabbiylikda o'z omadini sinab ko'rmoqda. Vaqt o'tishini qarangki, oradan bir necha yil o'tib Akmal Xolmatovning o'g'li Diyor Xolmatov O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida qatnashadi. Kuni kecha saytimiz ofisida mehmon bo'lgan sobiq futbolchi bilan Osiyo Kubogi oldidan uzoq suhbat qurdik.

 O'zbekistonlik futbolchilar o'z ustida ishlashsa, ulardan zo'ri yo'q

- Osiyo Kubogi oldidan taniqli va sobiq futbolchilarning fikrlarini yig'ib chiqmoqdaman. Pavel Solomin, Pavel Bugalo, Farhod Tojiev O'zbekiston terma jamoasining imkoniyatlarini baholashdi. Akmal Xolmatov musobaqa oldidan O'zbekistonni qanday ko'ryapti?

- Bu tarixdagi eng yaxshi O'zbekiston terma jamoasi. Mening shaxsiy fikrim. Kimdir bunga qo'shilmasligi mumkin. Futbol yildan-yilga o'zgaryapti. Hozirgi avlod yaxshi o'ynayapti. Balki bu yaratilayotgan sharoitlar yoki O'zbekiston chempionati o'sgani bilan bog'liqdir.

- Lekin nima uchundir hamma o'z davri bilan solishtirishni yaxshi ko'radi. Men ham yillar o'tib solishtirishim mumkindir...

- Biz futbol o'ynaganmiz va tashqaridan o'zimizga baho bermaganmiz. Internet, undagi izohlar, ijtimoiy tarmoqlar bo'lmagan. Bugungi kun futboli ancha tezlashgan. 

- Lekin natijaga qaratilgan, himoyaviy o'yinni futbol ommasi qabul qilishi qiyin bo'layotgandek?

- Lekin himoyaviy o'yin qilasizmi yoki hujumkor, to'g'ri o'ynasangiz natija o'zi keladi. Maydonda futbolchi o'ynaydi. Murabbiy ko'rsatma beradi.

- 2,5 yil ichida Katanec natija beradigan uslubni shakllantira olgani ko'rindimi?

- O'zbekiston futbol o'ynayapti. Eron bilan 0:2 hisobida ortda borayotib 2:2 qildi, Meksika bilan ham shunday bo'ldi. Eron ikkinchi taymda o'ynamadi, deb aytishingiz mumkin. Lekin O'zbekiston Eronga oldinga o'tishiga yo'l qo'ymadi. O'zbekiston zo'r o'ynadi.

- Oxirgi o'yinlarda bizga etishmaydigan xarakter shakllandimi?

- Bu holat murabbiy ishlayotganiga misol bo'la oladi. Katanec yigitlarga kerakli narsani o'rgata olyapti. Ortda borayotib vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini ko'rsatyapti.

- O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogiga yo'l olgan tarkibida kutilgan va kutilmagan nomlar bo'ldimi?

- Tarkibni murabbiy tanlaydi. Demak, eng yaxshi futbolchilarni jalb qilgan. Futbolchilarning holatini, ruhiyatini murabbiy yaqindan biladi. Bizning futbolchilar hech kimdan kam emas. Abbos CSKA jamoasining sevimli futbolchisiga aylanib bo'ldi. Abduqodir Husanov Franciyada o'ynamoqda. Bu O'zbekiston uchun zo'r. Bundan bilish mumkinki, bizda futbolchilar bor. Yana chiqadi. Faqat dangasalik qilmasdan ishlash kerak. Ronaldu yoki Messi divanda yotib yulduz bo'lib qolmagan. Tinmay o'z ustida ishlayapti. O'z ustida ishlashsa, bizning futbolchilardan zo'ri yo'q. Bizdagi asosiy muammo dangasalik. Qandaydir ruhiy tomonlama, balki mentalitet bilan bog'liqdir.

- Diyor Xolmatovning tarkibga kirishini kutganmidingiz?

- Ota sifatida bundan xursandman. Lekin terma jamoada tortib ketishi o'z qo'lida. O'zbekiston bayrog'ini ko'tarsa, xursand bo'laman. Ota-ona uchun bundan ortiq baxt yo'q. Nafaqat Diyor o'ynayotgani uchun, balki butun musobaqada faqat O'zbekistonga muxlislik qilaman. Bilasizmi, Diyorning o'yinlariga bormayman, chunki baribir ichidan hayajon o'tadi. 2022 yil Toshkentda o'tgan Osiyo Kubogi finalida Saudiya Arabistoni bilan o'yinga bordim. O'shandayoq xato qilganimni sezdim. Ota sifatida terma jamoa bilan uzoqroqqa borsin finalda yutsin, tamom. Yakuniy tarkibdan joy olishi ota sifatida kutilmagan bo'ldi, deya olaman. Milliy terma jamoa vatan yuzi. Unga hammani ham chaqirishmaydi.

- Osiyo Kubogi oldidan unga "Rostov"dan taklif bo'lgani, Karpinning shaxsan o'zi qo'ng'iroq qilgani haqida xabarlar chiqdi...

- Bu feyk bo'lib chiqdi. Xabarni o'qishim bilan Diyorga qo'ng'iroq qildim. U bunday gap yo'qligini aytdi. To'g'ri xabarni aytish kerak.


Men uchun Osiyo Kubogida favorit faqat O'zbekiston

- Ko'pchilik 2011 yilgi natija bilan taqqoslamoqda. Natijani yangilashga umid bildiryapti. Lekin yuqorida aytganimizdek u endi tarix. Oldindagi musobaqada imkoniyatlarimiz kimga bog'liq?

- Imkoniyatlarimiz zo'r. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rgangan. Lekin bizda imkoniyat katta, chunki futbolchilar qanday o'ynashni biladi. Ayrim pallalarda raqiblarni mensimay tushgan holatimiz bo'ladi. Hamma raqib bir xil. Qolganini o'yinda ko'ramiz.

- 2019 yil O'mon bizga jiddiy qarshilik ko'rsatgandi. Individual mahorat hisobiga yakunda g'alaba qozongandik. Suriya oxirgi rasmiy o'yinda bizni mag'lub etgan. Hindiston klublari OCHLda qatnashmoqda. Avstraliyani tarkibi o'zgarib ketdi...

- 6-7 yil oldin Hindiston qaerda edi? Suriya doim kuchli bo'lib kelgan. Imkoniyat bizda ko'proq. Yana bir ustun tomonimiz O'FA berayotgan etibor, yig'inlar, kuchli raqiblar.

- Qo'shnilarimizdan Tojikiston ilk bor Osiyo Kubogida qatnashadi. Tojikiston terma jamoasi sharafini himoya qilgansiz. Qo'shnilarimiz “sirli tulpor” bo'la oladimi?

- Tojikiston terma jamoasini xorvatiyalik murabbiy boshqarmoqda. Qaysidir uchrashuv yoki musobaqada mehmonxonaga bordim. U meni, men uni yaqindan bilmayman. Odamgachiligini ko'rib qoyil qolganman. Ko'rishi bilan o'rnidan turib xuddi aka-ukadek so'rashdi. Tojikistonda o'ynaganimni unga aytishgan ekan. Tojikiston futboli ko'tarilyapti. U erda ham zo'r futbolchilar bor. Ishlasangiz natija bo'ladi.

- Osiyo Kubogida favoritlar orasida kutilmagan jamoa bo'lishi mumkinmi?

- Yaponiya, Koreya terma jamoalarini o'zini maqsadi bor. Men uchun favorit faqat O'zbekiston. O'sha Yaponiya, Avstraliya bizdan qo'rqishi kerak. Kuchli raqiblarni yutibgina o'zimizga ishonchni oshiramiz. O'zbekiston va Tojikiston finalda o'ynasa, mendan baxtli odam bo'lmaydi.

Biz o'sishni istasak 1-2ta futbolchiga qaramasligimiz kerak

- 2011da Odil Ahmedov, 2015da Sardor Rashidov, 2019da Eldor SHomurodov kashfiyot bo'ldi. Qatardagi turnirda kimni kutyapsiz?

- O'zbekiston terma jamoasi chempion bo'lsa, o'sha men uchun kashfiyot. SHomurodvo katta yo'qotish. Biz o'sishni istasak 1-2ta futbolchiga qaramasligimiz kerak.  Lekin KatanecdaB” plan bo'lishi kerak, chunki u murabbiy. Barchasini o'ylaydi, rejalashtiradi. Igor Sergeev, Bobir Abdixoliqov, Aziz Amonov bor SHomurodovning o'rnini bilintirmaslikka harakat qilishadi. 

- Xorijdan qaysi murabbiyning uslubi yoqadi?

- Gvardiolaniki, Kloppniki yoqishi mumkin. Lekin ular qila olgan ishni biz qila olmaymiz. Bizda o'xshamaydi ham. To'g'ri qaysidir jihatlarini o'zlashtirishimiz mumkin. Gvardiola umuman uxlamas ekan. Kloppning qanday murabbiyligiga dunyo tan bergan. SHuning uchun ham ular buyuk murabbiy hisoblanadi. Bizda ham Pro licenziyasiga ega 70 nafardan oshiq murabbiy bor. Lekin ularning hammasi ham ishli emas. Demak qaysidir joyda o'zlari ishlashmayapti. Nimadir etishmayapti. Bu sohani qiyinchiliklari bor. Ro'ziqul Berdiev o'zidan o'zi “Nasaf” bosh murabbiyi bo'lib qolmadi. Ikkinchi ligada ishladi. Demyanenkoni yonida yordamchi bo'ldi. O'rgandi, izlandi. “Nasaf”ni necha yildan beri etakchilar qatorida olib yurdi.

- Murabbiylar ham ustida ishlayaptimi?

- Albatta murabbiy ustida tinmay ishlashi zarur. U bolaga o'rgatib, o'zim ko'rsatib bera olmasam qanday bo'ladi? Akmal Xolmatovman, deb o'tirsam, ishimni tahlil qilmasam futbolni aldagan bo'laman. Avval hozirgidek texnologiyalar, jismoniy holatini tekshiradigan texnikalar yo'q edi. Futbolchilarga telefon, tuni bilan uxlamaslik, internet baribir o'z tasirini o'tkazmoqda.

- Lekin telefon, internet butun dunyoda bor…

- Barchasi tartibli bo'lishi kerak. Tartib-intizomga amal qilmasa,  ertagayoq tugatadi. 40 yoshgacha o'ynashimda buning ahamiyati yuqori bo'lgan, chunki murabbiyimiz Sarkisyan shunday edi. Ruslarda bir gap bor: “Tartib-intizom bilan har qanday mahoratni engish mumkin”. O'zimni jamoamda ham birinchi o'rinda tartib-intizomni birinchi o'ringa qo'yaman. Futbolchilik paytimdan o'zim tartibga amal qilaman. Ko'pchilik kulishi mumkin, hozir ham erta tongda yuguraman. "Neftchi"ga kelgan birinchi yilimda darhol asosiy tarkibga kirib qolmaganman. Tartib-intizomga amal qilmas edim. Natijada salbiy tomonga pasayish boshlangan. Bir kuni o'zimga: "Akmal o'zingni yig'ib ol. Yoki futbolchi bo'lasan, yoki butunlay yig'ishtirasan",- deganman. Hammasi futbolchining o'z qo'lida. 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика