Osimxenning MYUga transferi 95 foizga yakunlandi, inglizlar 70 mln evro to'lashga tayyor
26 fev 09:14
Yangiliklar
Osimxenning MYUga transferi 95 foizga yakunlandi, inglizlar 70 mln evro to'lashga tayyor
Napoli markaziy hujumchisi Viktor Osimxenning "Manchester Yunayted"ga transferi "95 foizga yakunlandi".
"Qizil iblislar" 25 yoshli futbolchi uchun neapolliklarga 70 mln evro tovon puli to'lashga tayyor. Takidlanishicha, Osimxenga PSJ ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda forvard «Galatasaroy» safida ijara asosida to'p tepmoqda. U barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining «Napoli» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining narxi 75 mln evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar