"Oser" Franciya Birinchi ligasiga yo'l oldi!
30 may 2022 00:53
Yangiliklar
"Oser" Franciya Birinchi ligasiga yo'l oldi!
Franciya chempiontining 1- va 2-ligalari o'rtasida o'tish uchrashuvi o'tkazildi.
O'tish o'yinida Liga 1 da 18-o'rinni egallagan "Sent-Eten" hamda Liga 2 ning 3-o'rin sohibi "Oser" o'zaro bellashdi.
Jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Javob o'yinida Amza Saxining 51-daqiqada kiritgan goli bilan "Oser" jamoasi hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq Maxdi Kamara 76-daqiqada Krivellining uzatmasidan unumli foydalanib, tarozi pallalarini muvozanatga keltirib qo'ydi. SHu tariqa, ikkinchi o'yinning asosiy vaqti ham birinchisi singari 1:1 hisobida poyoniga etdi. Qo'shimcha vaqtlarda ham tablodagi raqamlar o'zgarmadi. Penaltilar seriyasida esa 5:4 hisobida "Oser" klubi zafar quchib, asosiy divizonga yo'llanmani qo'lga kiritdi. "Sent-Eten" esa ikkinchi liga sari ravona bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar