"Ortiq 20 yoshda emasligimni tushunib turibman" - Buskets kelajagi borasida bir qarorga kelmaganini bildirdi
		
		24 sen 2022 18:33
        Yangiliklar	
	 
				 
				"Ortiq 20 yoshda emasligimni tushunib turibman" - Buskets kelajagi borasida bir qarorga kelmaganini bildirdi
"Mundo Deportivo"ga ko'ra, Serxio Buskets allaqachon "Barselona" bilan 14 yillik hamkorligining oxiriga kelib qolganini his qilyapti va MLS vakili "Inter Mayami"ning taklifini qabul qilgan.
Uning o'zi kelajagi borasida quyidagicha fikrlarni bildirib o'tdi:
"Kelajagim borasida hech narsa ayta olmayman. CHunki hech qanday yangilik yo'q. Barcha mish-mishlar tufayli hech narsa sodir bo'lmadi. Rasmiy hech narsa yo'q. Mavsum davomida o'zimni qanday his qilishimga qarayman. Hozirgi lahzadan zavq olmoqchiman, qolganini keyin o'ylaymiz. Men ortiq 20 yoshda emasligimni tushunib turibman".
Tajribali futbolchidan "Barsa" kuzatuvi ostida bo'lgan Martin Subimendi uning o'rnini bosa oladimi yoki yo'qligi so'raldi:
"Subimendi ajoyib o'yinchi, lekin u "Real Sosedad" futbolchisi. "Barsa" chindan qiziqqanmi yoki yo'qligidan esa xabarim yo'q".
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar