"Oq-tepa": Usmonxo'jaev mashg'ulotlarni boshladi
13 may 2014 12:15
Yangiliklar


"Oq-tepa": Usmonxo'jaev mashg'ulotlarni boshladi
"Oq-tepa"ning tajribali azosi Sobir Usmonxo'jaev umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi.
O'zbekiston Kubogi doirasidan o'rin olgan “NBU-Osiyo” jamoasiga qarshi uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan yarim himoyachi jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgandi. Bir yarim oy davomida jarohatini davolatish bilan band bo'lgan Usmonxo'jaev O'zbekiston Birinchiligi bahslarida maydonga tushgani yo'q. Kuni kecha mashg'ulotlarga kirishgan futbolchi tez orada formasini tiklab, yana maydonga tushishga to'liq tayyor bo'ladi. Uning tajribasi “Oq-tepa”ga yordam berishiga ishonamiz!
Eslatib o'tamiz, Usmonxo'jaev “NBU-Osiyo”ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida penaltidan raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoamizga 1/16 final yo'llanmasini taqdim qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Usmonxo'jaev “NBU-Osiyo”ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida penaltidan raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoamizga 1/16 final yo'llanmasini taqdim qilgandi.

Fikrlar