Onanaga xaridor chiqdi. MYU darvozabonga o'rinbosar topib qo'ygan
20 iyu 21:06
Yangiliklar
Onanaga xaridor chiqdi. MYU darvozabonga o'rinbosar topib qo'ygan
"Monako" Andre Onana transferi bo'yicha "Manchester Yunayted" bilan bog'langan.
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, Liga 1 klubi 29 yoshli darvozabonning ehtimoliy transferi bo'yicha dastlabki so'rov yuborgan. Tomonlar kelisha olishsa, Onana Monakoga yo'l oladi.
Agar Onana ketsa, "Manchester Yunayted" "Atalanta"ning 24 yoshli darvozaboni Marko Karnezekkini sotib olishi mumkin.
Karnezekki vakillari bilan dastlabki aloqalar o'rnatilgan, biroq Bergamo klubi bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar hali olib borilmagan.
Takidlanishicha, "Atalanta" Karnezekkini jiddiy moliyaviy taklifsiz qo'yib yuborishga rozi bo'lmasligi mumkin.
Marko A Seriyasining 2024/25 mavsumida 34 ta o'yin o'tkazdi (shundan 13 tasi quruq o'yin). Andre APLda 34 o'yindan 9 tasini "quruq" o'tkazgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar