So’nggi yangiliklar

14:28"Олимпик Мобиуз"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  0 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  1 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  8 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1

Omad kulib boqqan futbolchi haqida Yangiliklar

Omad kulib boqqan futbolchi haqida

Bunday voqea faqat ertaklarda uchraydi.

"Atalanta"da Aleksey Miranchukning hozircha ishlari uncha yurishmayapti. A Seriyaning oxirgi 10 turida bergamoliklar atigi 3ta o'yinda g'olib bo'lishdi, etakchilar guruhidan sezilarli darajada ortda qolib ketishmoqda. Buning sabablaridan biri — jamoani har tomondan o'rab olgan jarohatlar epidemiyasi. Klubning asosiy hujumchisi Duvan Sapata 6 fevraldan beri o'ynamayapti, ikkinchi forvard Luis Muriel esa joriy yilda bor yo'g'i 2ta gol urdi. Gasperini oxirgi, "Bolonya"ga qarshi uchrashuvda, Miranchuk, Malinovskiy va jamoaning yangi o'yinchisi Jeremi Bogasiz tarkibni shakllantirishiga to'g'ri keldi. Haqiqiy fojea.

Murabbiy bor etiborini yoshlardan iborat tarkibga qaratdi. Ular orasida oxirgi oyda o'zini ko'rsata olayotgan gvineyalik Mustafa Sisse ham bor edi. Yigitcha "Jenoa" bilan uchrashuv qaydnomasiga kiritildi. Undan keyingi bahsda esa 18 yoshli hujumchi kattalar futbolida debyut qildi. Sisse "Bolonya"ga qarshi o'yinning 65-daqiqasida maydonga tushdi va oradan 17 daqiqa o'tib, uchrashuvdagi g'alaba golini urdi.

Mustafaning o'tmishi xuddi ertakka o'xshaydi: 2 oy ichida qochqinlar jamoasidagi o'yinchidan A Seriyada gol urishga erishdi. Sisse "Atalanta"ning yoshlar jamoasida 27 fevralda debyut qilgan edi. Unga qadar "Rinascita Refugees"da (qo'pol tarjima qilganda — qochqinlar integraciyasi) to'p tepardi. Bu jamoa Italiyaning 8-divizionida o'ynaydi.

Mustafa 2003 yil Gvineyaning Kankari shahrida tug'ilgan. U 16 yoshida otasidan ayrildi. SHundan so'ng hayotida keskin burilish qilishga qaror qildi va boshqa mamlakatga, Italiyaning Salento yarim orolidagi Lechche shaharchasiga ko'chib keldi. Bu erda unga boshqa mamlakatlardan kelgan muhojir va qochqinlarning mamlakatga moslashish jarayonlari bilan shug'ullanidagan "Rete!" dasturi yordam berdi. Muhojirlarni birlashtirish usullaridan biri — futbol. Mustafa o'zini tezda futbolda ko'rsata oldi.

Sisse o'zining gollari bilan jamoasi bir pog'ona yuqoriga, 7-divizionga chiqishiga yordam bergan va "Atalanta" skautlari etiboriga tushgan. SHartnoma ham tez imzolandi — 23 fevral kuni Mustafa "Atalanta" tizimiga qo'shib olindi, 27-sanada yoshlar safida debyut qildi va "Milan" primaverasi darvozasiga 2ta gol urdi. 9 martda esa "Napoli" yoshlariga qarshi bahsda g'alaba golini nishonladi.

Mustafaning iqtidori shu qadar yaqqol namoyon bo'ldiki, "Atalanta" hattoki, Evropa Ittifoqidan bo'lmagan futbolchi uchun qaydnomada maxsus joy ajratdi — Italiyada legionerlar uchun o'ziga xos cheklovlar mavjud. Sisse o'yin uslubi jihatdan qaysidir manoda Duvan Sapatani eslatadi. Faqat farqi shundaki, sifatli kurash olib borish uchun hozircha Mustafaga baquvvat mushaklar etishmaydi. Biroq hujumchining boshqa ustun tomonlari bor: golni his qilish, plastika va vaziyatni sifatli yakunlash.

Aftidan, "Atalanta"da o'ziga xos o'tmishiga ega yangi yulduz porlash arafasida turibdi. Uni eslab qoling. U tez kunda muxlislar orasida mashhur bo'lib, "Atalanta"ning muhim o'yinchilaridan biriga aylansa ajab emas!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика