So’nggi yangiliklar

12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  3 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  0 12:03Роҳатижон  1 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  3 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  2 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  20 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3

Oliy liga. Nasimovning yagona goli "qaldirg'ochlar"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

Oliy liga. Nasimovning yagona goli "qaldirg'ochlar"ga g'alaba keltirdi

Teglar :  BunyodkorMetallurg
Oliy liganing 27-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH


- Uchrashuvning 8-daqiqasida "Metallurg" tayanch yarim himoyachisi Doniyor Odilov to'pni Davron Karimulovga uzatgan paytda Eldor SHomurodov chaqqon harakat qilib to'pni undan olib qo'ydi va Nasimovni hujumga chorladi. Bahodir Nasimov esa darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va osonlik bilan darvozani ishg'ol etdi - 1:0.

O'yin xavfli vaziyatlar boy tarzda kechmayapti. Jamoalar asosan maydon markazida harakatlanishmoqda. "Metallurg"ning maydon markazida to'p uzatishda yo'l qo'ygan ko'pol xatosini hisobga olmasa, mehmonlar himoyada ishonchli o'ynashmoqda. "Bunyodkor" esa katta kuch bilan oldinga o'tayotgani yo'q. Lushan jamoasi asosan pozicion hujumlarga tayangan holda o'ynamoqda.

"Metallurg" bellashuvning 28-daqiqasida muvozanatni tiklash uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. Ayubxon No'monovning chamasi 15 metrlar masofadan darvoza tomon tepgan zarbasi to'g'ri Zuhurovning qo'liga borib tushdi.

Tanaffusga jamoalar 1:0 hisobi bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limda ustunlik asosan "Metallurg" jamoasi tarafida bo'ldi. Ammo yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirishda mehmonlarga aniqlik etishmadi. "Bunyodkor" esa asosan qarshi hujum taktikasida o'ynadi.

SHu tariqa "Bunyodkor" jamoasi Bahodir Nasimovning yagona goli evaziga muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.


Bunyodkor (Toshkent) – Metallurg (Bekobod) 1:0
28 oktyabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni, 541 tomoshabin.
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), X. SHodmonov (Buxoro), R. SHoyaxmetov (Toshkent), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).

Gol: Bahodir Nasimov (8, SHomurodov)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 3.Akrom Komilov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 10.Eldor SHomurodov (21.Sardor Azimov, 76), 14.Bahodir Nasimov (11.SHahzodbek Nurmatov, 78), 16.Dilshod Ahmadaliev, 17.Doston Hamdamov, 22.Rustam Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov, 30.Yurica Bulyat
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 11.SHahzodbek Nurmatov, 19.Zabihillo O'rinboev, 21.Sardorbek Azimov, 23.SHoxrux Gadoev, 77.Viktor Karpenko

"Metallurg": 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Hikmat Hoshimov, 7.Doniyor Odilov, 8.Ayubxon No'monov (6.Dilmurod Karimov, 46), 13.Javohir Esonqulov (21.Sardor Rasulov, 75), 14.Davronbek Karimqulov, 15.Zohid Abdullaev, 17.Mirg'iyoz Sulaymonov, 22.Murodjon Toshmatov, 40.Islomjon Qobilov, 70.Jahongir Abdumo'minov (77.Saidjon Abdujabborov, 85)
Zaxira: 91.Zafar Safoev, 6.Dilmurod Karimov, 9.Farhod Nomozov, 11.Farrux SHotursunov, 21.Sardor Rasulov, 23.SHerzod Jalilov, 77.Saidjon Abdujabborov.

Ogohlantirishlar: Doniyor Odilov (30), Sato Minori (45)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика