So’nggi yangiliklar

22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   0 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   0 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  3 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  2 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  4 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  12 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   3 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   2 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  1 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  18

Oliy liga. "Dinamo" Bekobodda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Oliy liga. "Dinamo" Bekobodda g'alabaga erishdi

2017 yilgi oliy liganing birinchi o'yini o'z yakuniga etdi.

O'tgan yil birinchi ligada o'ynab oliy ligaga qaytgan Samarqandning "Dinamo" klubi Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'ldi.

Birinchi taymni mezbonlar ancha faol boshlashdi. 5-daqiqadayoq ular hisobni ochishga muvaffaq bo'lishgandi. Ammo qanot hakami Alisher Usmonov gol muallifi Zohid Abdullaevda ofsayd bor deb baholadi. Samarqandliklar asosan qarshi hujumda o'ynayapti. 12-daqiqada Orifjon Mamajonov jamoadoshini qulay vaziyatga olib chiqqandi. Biroq Javohir Qahramonovning zarbasi biroz noaniq bo'ldi. Dinamochilar uchrashuv davomida ko'plab follarga yo'l qo'yishyapti. Mezbonlar esa standart vaziyatlardan foydalana olishmayapti. 37-daqiqada mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirishdi. Dilmurod karimovning chamasi 20 metrlar masofadan tepgan to'pini Mixail Naumov qiyinchilik bilan egallab oldi. 39d-daqiqada Jasur Azimov mezbonlar hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qolganligi bois ogohlantirildi. Birinchi taymda hisob ochilmadi – 0:0.

Ikkinchi bo'lim boshida Davronbek Karimqulov avtogol qayd etib chempionatning ilk golini urdi - 0:1. Bahs oxirida mehmonlar hujumchisi Abdumalik Abdullaev yakuniy natijani o'rnatdi - 0:2.


Oliy liga. 1-tur
Metallurg (Bekobod) – Dinamo (Samarqand) 0:2
3 mart 2017. Bekobod. Metallurg stadioni. 15:30
Hakamlar
: Dmitriy Pislegin (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent), Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: Noil Lutfulin.

Gollar: Davronbek Karimqulov 55 avtogol, - 0:1. Akmal Bozorov 89, - 0:2

“Metallurg”: 32. Suhrobjon Sultonov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov,  8. Ayubxon No'monov (95. Timur Usmonov, 66), 14. Davronbek Karimqulov, 15. Zohid Abdullaev, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 20. Dostonbek Tursunov, 22.Islombek Isoqjonov, 70. Jahongir Abdumo'minov, 77. Doniyor Ismoilov (13. Sanjar Qodirqulov, 61).
Zaxira: 1. Zafar Safoev, 7. Doniyor Odilov, 9. Farhod Namozov, 11. Murodbek Toshmatov, 40. Islomjon Qobilov.

“Dinamo”: 1. Mixail Naumov, 2. Mirkomil Lokaev, 3. Bunyod Isroilov, 6. Akmal Bozorov, 8. Jasur Azimov, 9. Sardor Sulaymonov (11. Abdumalik Abdullaev, 55), 10. Javohir Qahramonov, 15. SHohruhbek Xolmatov, 18. Damir Nizanov (20. Amirjon Safarov, 85), 19. Orifjon Mamajonov (23. Komil SHarafutdinov, 69), 22. Abdujamol Isroilov.
Zaxira: 16. Rustam Toshturdiev, 4. Omadjon Toyloqov, 24. Timur Fayzullaev.

Ogohlantirishlar:
Jasur Azimov 36, Dostonbek Tursunov 57, Bunyod Isroilov 82, Zohid Abdullaev 90


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика