So’nggi yangiliklar

13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  1 12:44Трамп Эрон вакилларининг ЖЧ қуръасида қатнашишига тўсқинлик қилмоқда  2 12:15Жамолиддин Раҳматуллаев: "U-20 Жаҳон чемпионатининг Озарбайжон ва Ўзбекистонга берилиши катта мотивациядир"   1 11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  2 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  18 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  8 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  15 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  10 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  38

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi

9-11 aprel kunlari oliy liganing 4-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.

Odatimizga ko'ra o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik. Undan "Buxoro", "Paxtakor", "Nasaf", "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Mashal", "Olmaliq", "Andijon" va  "Obod" klublari vakillari o'rin olishdi.

Darvozaga "Buxoro" posboni Muhiddin Xudoyorovni qo'yishga qaror qildik. Sababi ushbu posbon Qo'qondagi bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Umuman olganda Xudoyorov bu mavsumda o'tgan 4ta o'yinda o'z darvozasidan umuman to'p olib chiqmadi!



"Paxtakor" va "Nasaf" uchrashuvida ikkala jamoadan himoyachilarni ramziy terma jamoaga kiritdik. Mezbonlar sardor Kamoliddin Tojiev o'yinda birinchi golni urdi. Bundan tashqari himoyada ham yaxshi o'ynadi. "Ajdarlar" himoyachisi Saydulla Rahmatov chap qanotda raqiblarga tinchlik bermadi. O'z qanotida bir necha bor hujumga o'tib turdi. Raqiblar ham uni faqat qo'pollik bilan to'xatishdi xolos. "So'g'diyona" himoyachisi Murod Xolmuhammedov "Lokomotiv" bilan o'yinda penaltidan gol urdi.

Murod Xolmuhammedov

Kamoliddin Tojiev


Yarim himoyadan "Mashal" vakili SHahzod SHaymanov o'rin oldi. O'z vaqtida O'zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lgan SHaymanov "Navbahor"ga supergol urishga erishdi. "Olmaliq" vakili Doniyor Ismoilov ham SHaymanovdan qolishmaydigan gol urishga muvaffaq bo'ldi. "So'g'diyona" yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov "Loko"ga qarshi o'yinda markazda ancha faol harakat qildi. "Bunyodkor"ning yaponiyalik legioneri Sato Minori G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi bahsda yagona golni urdi.

Muzaffar Muzaffarov

Sato Minori

SHahzod SHaymanov


Hujumchilar soni uch nafarni tashkil qildi. "Andijon" hujumchisi Nemanya Yovanovich vodiy derbisida "Neftchi" darvozasiga gol urmadi. Lekin ikkala gol urilishida katta ish qildi. Birinchisida jarima to'pini ishlagan bo'lsa, aynan uning yiqitilishidan keyin penalti belgilandi. "Nasaf" hujumchisi Bobur Abduxoliqov Toshkentda "Paxtakor" darvozasiga gol urdi, uning goli "ajdarlar"ga bir ochko keltirdi. "Obod" to'purari SHoxruz Norxonov "Qizilqum" bilan bahsda o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

SHoxruz Norxonov

Nemanya Yovanovich

Bobur Abduxoliqov


Ramziy terma jamoaga "So'g'diyona" ustozi Davron Fayzievni murabbiy etib tayinladik. Uning jamoasi chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv"dan ochko tortib oldi.



Darvozabon
Muhiddin Xudoyorov "Buxoro"

Himoyachilar
Kamoliddin Tojiev "Paxtakor"
Saydulla Rahmatov "Nasaf"
Murod Xolmuhammedov "So'g'diyona"

Yarim himoyachilar
Muzaffar Muzaffarov "So'g'diyona"
Sato Minori "Bunyodkor"
SHahzod SHaymanov "Mashal"
Doniyor Ismoilov "Olmaliq"

Hujumchilar
Nemanya Yovanovich "Andijon"
Bobur Abduxoliqov "Nasaf"
SHoxruz Norxonov "Obod"

Bosh murabbiy
Davron Fayziev "So'g'diyona"

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика