So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  4 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Oliy liga. 3-tur. "Lokomotiv" va "Nasaf"da g'alaba, "Paxtakor" Buxoroda yuta olmadi Yangiliklar

Oliy liga. 3-tur. "Lokomotiv" va "Nasaf"da g'alaba, "Paxtakor" Buxoroda yuta olmadi

Bugun oliy liganing 3-turidan o'rin olgan 3ta o'yin bo'lib o'tdi.

Toshkentdagi o'yinda tezkor gol urildi. Temur Kapadzening uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon Abdumavlon Abdujalilov qo'lidan chiqarib yubordi va qaytgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov osonlik bilan darvozaga yo'lladi - 1:0.

30-daqiqada "Neftchi" futbolchisi jarima maydonchasi oldidan to'pni SHoahmedovga oldirib qo'ydi. Sanjar esa tezda jamoasi hujumini tashkil etdi va Marat Bikmaevga qidirib topdi. Marat esa to'pni qabul qilib olib, bir raqib himoyachisini aldab o'tdi va darvozaning yaqin burchagiga zarba yo'lladi. Abdumavlon Abdujalilov esa bu safar to'pni qo'llarini o'rtasidan o'tkazib yubordi - 2:0.

Ikkinchi bo'lim boshida Sardor Mirzaevning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'piga darvozabon birinchi bo'lib chiqib keldi, ammo to'pni ushlashni uddasidan chiqmadi. Abdumavlon Abdujalilovning oddiy vaziyatdagi juda qo'pol xatosidan so'ng Bikmaev bemalol o'z dublini rasmiylashtirdi - 3:0.

76-daqiqada Marat Bikmaev jarima to'pini amalga oshirdi, Temur Kapadzening boshi bilan to'p oshirishidan so'ng Maxaradze jamoasining navbatdagi golini kiritdi - 4:0.

16:00 - Lokomotiv (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona) 4:0

MATNLI TRANSLYACIYA

Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: S. Rizaev.
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 9, - 1:0. Marat Bikmaev 30, - 2:0 (Sanjar SHoahmedov). Marat Bikmaev 48, - 3:0 (Sardor Mirzaev). Kaxi Maxaradze 75, - 4:0 (Temur Kapadze)
"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov (29.Quvondiq Ro'ziev, 63), 10.Marat Bikmaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (21.Doniyor Usmonov, 68), 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoev, 18.Timur Kapadze, 22.Sanjar SHoahmedov (7.Sadriddin Abdullaev, 78), 33.Oleg Zoteev, 37.SHerzod Fayziev.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 20.Islom To'xtaxo'jev, 28.Ikrom Aliboev, 77.Jasur Hasanov.

"Neftchi": 35.Abdumavlon Abdujalilov, 3.SHukurali Po'latov, 7.Mansur Saidov (28.Sardorbek Eminov, 73), 8.Umid Qodirov, 10.Murod Bobojonov, 11.Abbos Maxstaliev, 17.Ilhom Boydedaev (22.Alisher Samatov, 52), 18.Javohir Rasulov (26.Otabek Isroilov, 66), 20.Dilyorbek Ermatov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 1.O'tkir Yusupov, 2.Sardor Qulmatov, 9.SHerzod Hakimov, 23.Abdurahmon Abdulxaqov.

Ogohlantirishlar: Ilhom Boydedaev 13, Marat Bikmaev 40, Jahongir Mehmonov 63, SHukurali Po'latov 76, Umid Qodirov 90+1.


Qarshidagi o'yinning 43-daqiqasida Saydulla Rahmatovning o'ng qanotdan havolatib uzatib bergan to'pini Ilhom SHomurodov darvozaga yo'lladi - 1:0. Ushbu gol o'yinda yagona bo'lib qoldi.

18:00 - Nasaf (Qarshi) – Obod (Toshkent) 1:0
Hakamlar
: R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent vil.), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Gol: Ilhom SHomurodov 43, - 1:0 (Saydulla Rahmatov)

"Nasaf": 25.Eldorbek Suyunov, 5.Ildar Mamatkazin, 7.SHuhrat Muhammadiev, 9.Ilhom SHomurodov, 10.Dilshod Rahmatullaev (4.Maqsud Karimov, 82), 18.Bahrom Abdurahimov, 20.Erkin Boydullaev, 21.Azamat Allaniyozov (45.Bobir Abdixoliqov, 65), 23.SHerzod Azamov, 27.Islom Rashidxonov (17.Artur Gevorkyan, 82), 31.Saydulla Rahmatov.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 19.Deyan Bolevich, 38.Doniyor Narzullaev, 42.Najmiddin Normurodov.

"Obod": 12.Dilshod Hamroev (91.Davronbek Jo'raqulov, 86), 2.Abror Xusinov (7.Javohir Qahramonov, 74), 3.Ilhom Komilov, 5.G'ayrat Umirov, 6.SHerzod Jalilolv, 8.Doniyorbek Hasanov, 11.SHoxruz Norxonov, 14.Akbar Xodjaev, 15.Sanjar Baratov (13.Umidjon Matmusaev, 46), 18.Sanjar To'raqulov, 23.Javlon Iskandarov.
Zaxira: 4.Xurshid G'iyosov, 9.Pavel Solomin, 10.Alisher Azizov, 20.Alisher Mirzaev.

Ogohlantirishlar: Javlon Iskandarov 34


Buxorodagi o'yinning dastlabki bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda ham tomonlar raqib darvozasiga yo'l topa olishmadi - 0:0.


18:45 - Buxoro (Buxoro) – Paxtakor (Toshkent) 0:0
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.

"Buxoro": 1.Muhiddin Xudoyorov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 16.Artyom Filiposyan, 85.Ruslan Melziddinov, 93.Maksimilian Fomin, 8.Salamat Quttiboev, 87.Alisher Sanoev, 10.SHavkat Salomov, 11.Sanat SHixov (18.Bahodir Pardaev, 90), 19.Jasur Hasanov (61.Aziz Ibragimov, 78), 97.Kamoliddin Murzoev
Zaxira: 30.Asilbek Omonov, 7.Suhrob Nematov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 33.Bobur Omonov, 21.Pavel Smolyachenko

"Paxtakor": 1.Nikita Ribkin, 29.Vladimir Kozak, 4.Adnan Oraxovac, 21.Kamoliddin Tojiev, 24.davron Hoshimov, 5.Akbar Ismatullaev (19.Suhrob Berdiev, 74), 15.Javohir Sohibov, 9.Jaloliddin Masharipov (28.Stanislav Andreev, 90+2), 8.SHerzod Karimov, 7.Azimjon Ahmedov, 11.Igor Sergeev
Zaxira: 12.Timur Jo'raev, 6.Abbos Otaxonov, 14.Jamshid Boltaboev, 20.Anvar Soliev, 35.Oybek Qilichev

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiev 73, Igor Sergeev 86.



Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика