So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  2 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Oliy liga. 17-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 17-tur ramziy terma jamoasi

Teglar :  Oliy liga17-tur
Saytimiz xodimlari odatga ko'ra o'tgan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

"Metallurg"ni Bekobodda mag'lub etish uncha muncha jamoaning qo'lidan kelavermaydi. "Mashal" kamchilikda bo'lsa ham buni amalga oshira oldi. Jamoa posboni Javohir Ilyosov mezbonlarning bir nechta zarbalarini qaytarishga erishdi. Himoyachi Iskandar SHoyqulov esa hujumlarni qaytarishda faollik ko'rsata oldi.



"Buxoro" o'z uyida bir necha yillik tanaffusdan so'ng "Nasaf"ni mag'lub etishni uddaladi. Himoyachi Vladimir Baenko qarshiliklar hujumchilariga etarli darajada qarshilik ko'rsata oldi.



"SHo'rtan" o'z maydonida "Dinamo"dan ustun kelgan bahsda jamoa himoyachisi Obid Jo'raboev anchagina mehnat qilganini takidlash lozim. "Paxtakor"ning "Neftchi" ustidan qozinlan yirik g'alabasida chap qanot himoyachisi Vladimir Kozakning xissasi katta bo'ldi.

"Qo'qon-1912" o'z uyida oliy liga autsayderi "Obod"ni mag'lub etdi. Yagona gol yarim himoyachi Javohir Sidiqov hisobiga yozildi.



Xuddi shunday vaziyat "Bunyodkor" - "Olmaliq" uchrashuvida kuzatildi. Otabek SHukurovning goli "qaldirg'ochlar"ga 3 ochko keltirdi.



Braziliyalik Tiago Bezerra "Paxtakor" safidagi ilk o'yinda "Qizilqum" darvozasiga penaltidan gol ura olmagach tanqidlar ostida qolib ketgandi. Biroq "Neftchi" bilan o'yinda u o'zini anchagina yaxshi tomonlama ko'rsatdi va ikki bor gol urishga erishdi. "Navbahor" sardori Dilshod Jabborov "Qizilqum"ga qarshi o'tgan og'ir o'yinda doimgidek faol bo'ldi hamda penaltidan to'p kiritishga ham erishdi.



"Buxoro" "Nasaf"ni mag'lub etishiga Javohir Qahramonovning goli sababchi bo'ldi. Yarim himoyachi bu o'yinda juda faol o'ynadi.



"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev mavsumda o'zining to'rtinchi dublini "So'g'diyona" bilan bahsda qayd etdi. Uning birinchi urgan goli juda chiroyli chiqdi.



championat.asia talqiniga ko'ra 17-turning ramziy terma jamoasi

Darvozabonlar:
Javohir Ilyosov ("Mashal")

Himoyachilar:
Vladimir Baenko ("Buxoro")
Obid Jo'raboev ("SHo'rtan")
Iskandar SHoyqulov ("Mashal")
Vladimir Kozak ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar:
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
Otabek SHukurov ("Bunyodkor")
Tiago Bezerra ("Paxtakor")
Dilshod Jabborov ("Navbahor")
Javohir Qahramonov ("Buxoro")

Hujumchi:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика