So’nggi yangiliklar

09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  0 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  1 07:56ЦСКА тасдиқлади  5 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  3 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  52 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   2 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  2 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2

Oliy liga. 11-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 11-tur ramziy terma jamoasi

Kuni kecha oliy ligada 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra saytimiz vakillari tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

Darvozaga "Mashal" klubi posboni Javohir Ilyosovni qo'yishga qaror qildik. Qashqadaryo derbisida Ilyosov o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. "Nasaf" futbolchilarining bir qator zarbalarini qaytargan Javohir ramziy termadan o'rin oldi. Uning o'tkazgan yagona golini esa hech qaysi darvozabon qaytara olmas edi.



"Qo'qon-1912" himoyachisi Darko Gojkovich "Lokomotiv" bilan o'yinda jamoasi uchun muhim golni urish bilan birga raqib vakillariga qarshi juda yaxshi o'ynadi.



"So'g'diyona" o'z maydonida "SHo'rtan"ni mag'lub eta oldi. Ushbu uchrashuvda jizzaxliklar himoyachisi Sardor Qulmatov o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi.

"Neftchi" Navoiyda "Qizilqum" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi. Jamoa himoyachisi Hamza Karimov himoyada juda faol harakat qildi va ramziy termadan o'rin oldi. 

"Qizilqum" vakili Fayzulla Qambarov ham ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. Qambarov himoyachi bo'lishiga qaramay gol urishga muvaffaq bo'ldi. 



"Obod" o'z muxlislari qarshisida oliy ligaga qaytgan "Dinamo"ni qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi. Toshkentliklar sardori Doniyor Hasanov uchrashuvda chiroyli gol urdi va bahs davomida jamoasi o'yinini boshqardi.

"Nasaf" yarim himoyachisi Islom Rashidxonov "Mashal" bilan o'yin taqdirini hal qilgan golni urdi. Yosh futbolchi o'z ustida ishlashda davom etsa keyingi turlarda ham ramziy termadan o'rin olaveradi.



"Bunyodkor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov Toshkent derbisida hisobni ochdi. Bundan tashqari qanotda raqibni bir necha marta aldab o'tishga erishdi va jamoasi hujumini boshladi.

"Lokomotiv" vakili Jaloliddin Masharipov Qo'qondagi bahsda faol va chaqqon harakatlari bilan ajralib turdi. U jamoasi hujumlarini tashkil qilishda boshqalardan ustunlik qildi.

"Olmaliq" Toshkent viloyati derbisida "Metallurg"ni mag'lub etishga erishdi. Viktor Kumikov boshchiligidagi jamoada SHoxnazar Norbekov navbatdagi o'yinda ham hujumdagi tezkor harakatlari bilan ajralib turdi. Aynan Norbekovning harkatlaridan so'ng penalti belgilandi.



Nemanya Yovanovich "Navbahor"ning safardan 1 ochko bilan qaytishiga katta xissa qo'shdi. Hujumchi burchak to'pidan so'ng ikkita gol urdi.

Darvozabon
Javohir Ilyosov ("Mashal") (3-marta ramziy terma jamoada)

Himoyachilar
Darko Gojkovich ("Qo'qon-1912")
Sardor Qulmatov ("So'g'diyona")
Fayzulla Qambarov ("Qizilqum") (2)
Hamza Karimov ("Neftchi")

Yarim himoyachilar
Doniyor Hasanov ("Obod")
Islom Rashidxonov ("Nasaf")
Doston Hamdamov ("Bunyodkor")
Jaloliddin Masharipov ("Lokomotiv") (3)

Hujumchilar
SHoxnazar Norbekov ("Olmaliq")
Nemanya Yovanovich ("Navbahor") (2)


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика