So’nggi yangiliklar

01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  0 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  1 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  5 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  13 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   4 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  1

Oliy liga. 1-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 1-tur ramziy terma jamoasi

2017 yilgi oliy liganing dastlabki tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra ushbu turning ramziy terma jamoasini tuzdik.

Darvozaga oliy liga debyutanti "Dinamo" klubi posboni Mixail Naumovni joylashtirdik. Bekobodda mehmon bo'lgan "Dinamo" sensacion tarzda g'alabaga erishdi. Mezbonlarning hujumlarini Naumov qaytarib jamoasiga g'alaba keltirdi.  

Himoyadan uch nafar futbolchi o'rin oldi. "SHo'rtan" mavsumni o'z uyida "Neftchi" ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi. G'uzorliklar himoyachisi Jahongir Jiyamurodov o'z joyida raqiblarga imkoniyat bergani yo'q.



Yana bir "Dinamo" azosi Bunyod Isroilov ham ramziy termaga kiritildi. Himoyachi Bekobodda jamoasining g'alabasiga katta xissa qo'shdi.

Amaldagi chempion "Lokomotiv" mavsumni g'alaba bilan boshladi. "Mashal"ga qarshi bahsda mehmonlar himoyasida Boburbek Yuldashev ishonchli harakat qilganini takidlash lozim. Futbolchi jamoasi gol o'tkazmasligini taminlab berdi.

Yarim himoyaga besh futbolchini joylashtirdik."Bunyodkor" o'z uyida Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qiyinchilik bilan taslim qildi. Biz "qaldirg'ochlar"ga g'alaba keltirgan gol muallifi bo'lgan Dostonbek Hamdamovni ramziyga qo'yishga qaror qildik.



"Nasaf" yarim himoyachisi Bahrom Abdurahimov ilk turda eng faol futbolchilardan biri bo'ldi. Qo'qondagi o'yinning 6-daqiqasida aynan u hisobni ochdi. 



Jamshid Iskanderov dastlabki turda ikkita gol urgan yagona futbolchiga aylandi. Iskanderov "Qizilqum" bilan bahsning ikkala bo'limida raqib darvozasini ishg'ol qildi.



"SHo'rtan"ga g'alaba keltirgan yarim himoyachi Eldor Boymatov ramziy terma jamoaga kiritildi. Futbolchi goldan so'ng qizil kartochka ham oldi, biroq jamoasi g'alabani saqlab qolishga erishdi.

Qishda "Navbahor"ga ko'chib o'tgan Mirzohid G'ofurov yangi klubi safidagi ilk o'yinida gol urishga erishdi. Jamoasi esa "Obod"ni taslim qildi.



"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev ham ilk turda gol urib jamoasiga g'alaba keltirgan futbolchilardan biriga aylandi. Terma jamoamiz azosi Muborakda "Mashal" bilan bahsda o'zini ko'rsatdi.



Oliy ligada deyarli uch yillik tanaffusdan so'ng gol urishga erishgan Ivan Nagaev ramziy terma jamoamizdan o'rin oldi. Hujumchi "Olmaliq" bilan bahsda bahs taqdirini hal qilgan golni urdi.


championat.asia talqiniga ko'ra oliy liga 1-tur ramziy terma jamoasi

Darvozabon:

Mixail Naumov "Dinamo"

Himoyachilar:
Bunyod Isroilov "Dinamo"
Jahongir Jiyamurodov "SHo'rtan"
Boburbek Yuldashev "Lokomotiv"

Yarim himoyachilar:
Dostonbek Hamdamov "Bunyodkor"
Bahrom Abdurahimov "Nasaf"
Jamshid Iskanderov "Paxtakor"
Eldor Boymatov "SHo'rtan"
Mirzohid G'ofurov "Navbahor"

Hujumchilar:

Marat Bikmaev "Lokomotiv"
Ivan Nagaev "Buxoro"



Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика