"Olimpik" U-19 murabbiyi Doniyor Usmonov: "Yigitlar to'g'ri yo'lda ekanligimizni ko'rsatib berishdi"
03 noy 2024 12:15
Yangiliklar
"Olimpik" U-19 murabbiyi Doniyor Usmonov: "Yigitlar to'g'ri yo'lda ekanligimizni ko'rsatib berishdi"
Asosini "Odil Ahmedov FA" bolalari tashkil qilgan "Olimpik" U-19 ushbu yosh toifasida o'tkazilgan chempionatda bronza medallariga ega chiqdi.
"Nasaf" yoshlariga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng jamoa ustozi Doniyor Usmonovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Yigitlar to'g'ri yo'lda ekanligimizni ko'rsatib berishdi. Birinchi o'rinda PFLga tashkilotchilik uchun, format uchun rahmat aytaman. Bunday o'yinlar orqali yoshlar ko'proq o'sishga erishadi.
2008-2009 yil futbolchilarga ham imkon berdik va ular uchun bu katta tajriba bo'ldi. O'z o'rnida "Odil Ahmedov FA"ga ham rahmat aytaman, chunki tarkibimiz bevosita shu akademiya asosida shakllandi. O'ylaymanki, bu jamoadan milliy jamoamiz sharafini himoya qiladigan yigitlar etishib chiqadi",- deydi Doniyor Usmonov.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar