So’nggi yangiliklar

17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  2 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  0 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  7 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Таҳлил – футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  5 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4

Oliy liga nazoratchisi: “Ermatov penalti belgilashi kerak edi” Yangiliklar

Oliy liga nazoratchisi: “Ermatov penalti belgilashi kerak edi”

Xabaringiz bor, kecha tunda bo'lib o'tgan Xorvatiya - Meksika uchrashuvini hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning brigadasi boshqarib bordi.
Bu Ermatovning mundialdagi ikkinchi o'yini bo'ldi. Yaxshi bilasiz, Ermatov dastlab “E” guruhidan o'rin olgan SHveycariya - Ekvador bahsini boshqarib borgandi.

Kechagi o'yinning 63-daqiqasi o'tib borayotgan bir paytda g'alati voqea sodir bo'ldi. Meksikaliklar futbolchisi to'pni o'ng qanotdan jarima maydonchasi sari etkazib berdi. Andres Guardado tepgan to'p xorvatiyalik o'yinchilardan birining qo'liga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. SHunda meksikaliklar hujumchisi Xaver Ernandes Ravshan Ermatov yoniga yugurib kelib to'p qo'lga tekkanini va penalti belgilash lozimligini uqtira boshladi. Ermatov esa burchak to'pi tepish kerakligini ko'rsatdi. Xo'sh, aslida qoida buzilganmidi?

Oliy ligada nazoratchilik qilayotgan mutaxassislardan birining saytimizga malum qilishicha, o'sha vaziyatda hakam penalti berishi kerak edi. Faqat nazoratchi o'z ism-sharifini yozmaslikni bizdan so'radi. Nazoratchining fikrlari quyidagicha bo'ldi:

“Men Ravshan Ermatov bugun bo'lib o'tadigan Urugvay - Italiya uchrashuvini boshqarsa kerak deb taxmin qilgandim. Lekin FIFA uni Xorvatiya - Meksika bahsiga tayinladi. Bu o'yinda kim mag'lub bo'lsa, musobaqa bilan xayrlashishi turgan gap edi, shu bois o'yin juda shiddatli kechdi. Umuman olganda, Ravshan Ermatov uchrashuvni o'z saviyasida boshqardi. Lekin 63-daqiqada Xorvatiya darvozasi tomon penalti bermasdan xatoga yo'l qo'ydi. CHunki meksikalik futbolchi to'pni zarb bilan tepgandan keyin xorvatlar himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bunday holatda qoida buzilgan deb topiladi va bosh hakam 11 metrlik jarima to'pini belgilashi talab etiladi. Ammo Ermatov burchak to'pini ko'rsatib, xatoga yo'l qo'ydi. Harqalay hakamlarimizning baxtiga meksikaliklar g'alaba qozonishdi. Mabodo Xorvatiya zafar quchganida bormi, keyinchalik o'sha vaziyat keng jamoatchilik tomonidan jiddiy muhokama qilinayotgan bo'lardi”.

X.Xoliqov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика