So’nggi yangiliklar

10:20Неймар яна жароҳат олди  0 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  9 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  2 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  6 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9

Oleg Tyulkin: "Andijon"ning asosiy vazifasi - Oliy ligada qolish" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Andijon"ning asosiy vazifasi - Oliy ligada qolish"

Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Andijon" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar katta murabbiyi Oleg Tyulkin qatnashdi va o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, birinchi bo'limda kutilganidek o'ynay olmadik. Ikkinchi taymda futbolchilar biroz o'zlariga kelib olishdi va o'yin qiziqarli kechdi. Biz yangi jamoani tuzyapmiz va buning uchun albatta vaqt kerak. G'alabali odimlarimiz hali oldinda deb o'ylayman", - deya gap boshladi klubning katta murabbiyi Oleg Tyulkin.

- "Nasaf"ning o'yinini o'rganish jarayoni qanday kechdi?

- Biz "Nasaf"ning uchta uchrashuvi yozilgan diskni ko'rib chiqib, raqibni o'rgangandik. Ikkita ushbu mavsumdagi OCHL doirasidagi o'yinlari va bitta o'tgan mavsumdagi bellashuvni ko'rib chiqqandik. "Nasaf"ning tarkibi ko'p yillardan buyon birga va ularda o'yin o'zagi saqlanib turibdi. Bugungi bahsda bizga juda qiyin bo'ldi.

- Nega uchrashuv qaydnomasida ham Edgar Gess qo'l qo'ymagan va matbuot anjumanida ham yo'q?

- Bu erda kichik bir xatolik bo'lib o'tdi. Biz mavsum oldidan kelishilgan o'yinlarda ishtirok etmaslik borasidagi qog'ozga qo'y qo'yishimiz kerak bo'lgan paytda Edgar Yakovlevich klub qarorgohida emas edi. SHu bois Edgar Gessga kerakli licenziyani berishmadi. Bu muammoni ham yaqin vaqt ichida hal etamiz deb o'ylayman.

- "Andijon" oldiga bu yilgi mavsumda qanday vazifa qo'yilgan?

- Ushbu mavsumda Oliy ligada qolish asosiy vazifa etib qo'yildi.

"Nasaf" klubi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика