So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  9 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  4 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Oleg Kornienko: "Butun Andijon bu voqeani yil bo'yi kutgandi" Yangiliklar

Oleg Kornienko: "Butun Andijon bu voqeani yil bo'yi kutgandi"

Pro liga 24-turi doirasidagi "Andijon" – "Mashal" bahsidan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Oleg Kornienko o'yin haqida fikr bildirdi.

O'yin haqida

— G'alaba bilan butun Andijon ahlini tabriklayman. Yil bo'yi butun Andijon viloyati mana shu g'alabani kutgandi va bugun ushbu tarixiy voqea sodir bo'ldi. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi o'yin biroz asabiy ruhda boshlandi. 4:2 hisobi qayd etilgani biz uchun qoniqarli bo'ldi. O'yinda ko'p gol urildi, intriga sodir bo'ldi. Ammo o'z darvozamizga ikkita to'p qabul qilib oldik, individual xatolarga yo'l qo'ydik. SHunga qaramay, yigitlar xarakter namoyish etishdi. Biz shunday jamoamiz. Men bu haqda avval ham gapirganman, hozir ham aytaman va bundan keyin ham shunday ayta olaman. Bugungi uchrashuvda ko'plab uzatmalar, jarima zarbalari va to'qnashuvlar yuzaga keldi. 3-4 ta yuz foizli golli vaziyatlar tashkil etildi. Birinchi bo'limda yana gol to'p kiritishimiz mumkin edi.

— Bugun jamoa g'alaba qozonganiga qaramay, individual xatolar ko'zga tashlandi. Darvozabonda ham shunday kamchilik ko'zga tashlandi...

— -  Ikkita o'yinda ham darvozabonlarimiz xatolikka yo'l qo'ydi.  Hechqisi yo'q, bu shunchaki to'xtalish. O'ylashimcha, futbolchilar chempionatni bir xil darajada yakunlaydi. Darvozabonlar murabbiyining fikrini ham bilish kerak. Men bu harakatlarni qandaydir ishonchsizlik yoki natijadan qo'rqish deb bilmayman. Asosiysi — bir jamoamiz. Bugun bir futbolchi xato qildi, ikkinchisi unga yordam berdi. Gollar urdik. Bizda yaxshi jamoa shakllangan. Klub yutqazishni yoqtirmaydi va istamaydigan mustahkam xarakterga ega ekanligini ayta olaman va yakunda bu o'z samarasini berdi. Yigitlar 94-daqiqagacha kurashdi. Barchasi bizning foydamizga yakunlandi. 

— Viktor Kumikov o'tgan o'yinda chetlatilgandi. Uning yo'qligi bilinmadimi?

— Albatta bosh murabbiy zaxira o'rindig'ida bo'lsa futbolchilarga bu ruhiy ustunlik beradi. Bugun bosh murabbiy tribunada o'tirib ikki karra qayg'urdi. Tanaffus vaqtida gaplashib oldik va yigitlar ikkinchi taymda borimizni beramiz deb so'z berishdi. Yakunda shunday bo'ldi ham. Hammaga katta rahmat.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика