So’nggi yangiliklar

13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  0 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  0 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  2 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  2 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  8 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  15

Oleg Kornienko: "Adhamovni to'liq aybdor, deb bo'lmaydi. Ertaga qiyin vaziyatlarda bizni qutqarsa, uni qarsaklar bilan tabriklaymiz" Yangiliklar

Oleg Kornienko: "Adhamovni to'liq aybdor, deb bo'lmaydi. Ertaga qiyin vaziyatlarda bizni qutqarsa, uni qarsaklar bilan tabriklaymiz"

"Andijon" – "Turon" (1:1) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz murabbiyi Oleg Kornienko jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- O'yin haqida

- Avvalambor, barcha muxlislarimizga o'zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiraman. Mana shunday noqulay ob-havoda stadionga kelib bizni tinim bilmasdan qo'llab-quvvatlagani uchun "Andijon" muxlislariga tashakkurimni aytmoqchiman. Albatta, bugun g'alaba qozonishni juda xohlagandik, lekin o'ylaganlarimiz o'xshamadi. Buning uchun barcha ishqibozlarimizdan uzr so'rayman. 

Biz g'alaba uchun oxirigacha kurashdik. Yomg'irli ob-havodan keyin maydonning holati ham ko'ngildagidek emasdi. Lekin shunga qaramay, ko'plab imkoniyatlarni yaratgan bo'lsak-da, afsuski, g'alabaga erisha olmadik. Vaziyatlarimizdan foydalanishda oxirgi pallaga kelganda xatoga yo'l qo'ydik. Darvozabonimiz ham xatoga yo'l qo'ydi. Nima ham derdim, hayotda har qanday inson xato qilishi mumkin. Futbolni xatosiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu futbolning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu – hayot va bu – futbol. Hayot davom etadi. O'ylaymanki, hammasi oldinda. Oldimizga qo'yilgan vazifani 100 foiz oshig'i bilan bajaramiz, deb umid qilaman. 

-  G'alaba uchun nima to'sqinlik qildi?

-  Qanotlardan oshirilgan to'plar o'z vaqtida bo'lmagani va qiyin ob-havo sharoitidagi holat g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qildi. SHunda ham yomg'irli havoda yaxshi o'ynashga harakat qildik. Standart vaziyatlar ham etarlicha bo'ldi. Lekin oxirgi lahzalarda jamoaga nimadir etishmadi. Standartlarni yaratdik, ammo g'alaba golini urish qiyin bo'ldi. Raqib ham bunga yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilinib turdi. Ammo raqib jarima maydoni ichida yanada tajovuzkor harakat qilishimiz kerak edi. Biz barchasini o'ylagandik va tayyorgarligimiz ham belgilangan darajada bo'lgandi. Biroq jarima maydoni ichida o'ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Qanotdan ajoyib uzatmadan so'ng jarima maydoni ichida yaxshi vaziyat yaratdik va shundan foydalandik. Baribir barcha rejalarimiz o'xshamadi-da. 

-  Natijadan qoniqmadingiz, ammo o'yindan-chi?

-  Nima deyishim mumkin? Agar g'alaba qozonganimizda to'liq qoniqish hosil qildim, deyishim mumkin edi. Albatta, u qadar yomon o'ynaganimiz yo'q. Garchi birinchi bo'lib gol o'tkazgan bo'lsak-da, rejamiz bo'yicha harakat qilishda davom etdik va hisobni tenglashtirdik. Raqib ham hujumlar qildi. 

-  Darvozabonning yo'l qo'ygan xatosiga munosabatingiz qanday?

-  Menimcha, o'sha vaziyatda to'pni urib yuborish kerak edi. Hozir hammasini tushunib turibdi. Xato hammada bo'ladi. Bu mavzuga alohida to'xtalmoqchi emasman. Lekin shuni ham qo'shimcha qilmoqchimanki, hamma adashadi. Bu erda faqatgina Adhamovni to'liq aybdor, deb bo'lmaydi. Ertaga qiyin vaziyatlarda bizni qutqarsa, uni qarsaklar bilan tabriklaymiz. Bugun xato qildi va buni ham to'g'ri qabul qilishimiz kerak, atayin qilgani yo'q. Menimcha, o'shanda maydonda qiyin holat edi va unda to'pni saqlab qolish imkoni bo'lmadi. 

-  Kiyinish xonasida u bilan o'sha vaziyat haqida gaplashdingizmi? Hozir ruhiy holati qanday?

-  Undan o'sha paytda nima qilmoqchi ekanligi haqida so'radim. To'pni ushlamoqchi bo'lgani xususida aytdi. Uning holatini tushunaman va bundan fojia yasab bo'lmaydi. Bunday o'yinlar har bir futbolchining hayotida bo'lib turadi. Hali barchasi yaxshi bo'ladi. Bizda ajoyib jamoa bor, yaxshi kollektiv shakllangan. Barchasini ko'rib, bilib turibmiz. Bugun xato qilasiz, ammo ertaga yana barchasi o'z o'rniga tushib ketadi. Bugungi muxlislik uchun hamma-hammaga minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Ushbu bahsda ham yigitlarimizda jangovar xarakter bor edi. Ular qo'ldan kelganicha harakat qilishdi. Hamma kurashdi. Eng asosiysi, barcha o'z vazifasini alo darajada bajarishga harakat qildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика